Jamshidbek Rustamov: "Men uchun Irlandiya bilan bahs qiyin kechdi"
22 noy 2025 13:47
Yangiliklar
Jamshidbek Rustamov: "Men uchun Irlandiya bilan bahs qiyin kechdi"
O'zbekiston U-17 terma jamoasi vingeri Jamshidbek Rustamov saytimizga fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jahon chempionatida bor kuchimiz bilan harakat qildik, qo'limizdan kelganicha o'ynadik. O'yinlarda ham yaxshi natijalar qayd etdik deb o'ylayman. Esda qolarli musobaqa bo'ldi", – dedi Rustamov.

- Aynan sizga qaysi jamoaga qarshi o'yin qiyinchilik tug'dirdi va esda qolarli o'tdi?
- Men uchun Irlandiya bilan bahs qiyin kechdi. Ular jismonan baquvvat ekan, shu sababli biz qiyinchilikka uchradik. Italiya bilan o'yin ham o'ta qiyin bo'ldi.
- Nima deb o'ylaysiz, O'zbekiston Evropa jamoalariga qarshi qanchalik raqobatbardosh bo'la oldi?
- Terma jamoamiz o'sishda davom etyapti. Etarlicha qarshilik ko'rsatdik degan fikrdaman. Bundan keyin ham to'xtash yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar