Jamshid Saidov va Akmal SHorahmedov "Lokomotiv" murabbiylar shtabida faoliyat yuritadi
15 dek 2021 20:07
Yangiliklar
Jamshid Saidov va Akmal SHorahmedov "Lokomotiv" murabbiylar shtabida faoliyat yuritadi
Bugun "Lokomotiv" PFK rahbariyati va asosiy jamoa murabbiylar shtabi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Mazkur uchrashuvda jamoaning yangi bosh murabbiyi etib Denis Korostichenko tayinlandi. Yig'ilishda Korostichenkoga yordam beradigan murabbiylar shtabi ham belgilab olindi.
Ko'pchilikka yaxshi tanish Jamshid Saidov hamda ushbu mavsum futbolchilik faoliyatini yakunlagan Akmal SHorahmedov asosiy jamoa murabbiylar shtabidan joy olishdi. Jamshid Saidov yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borsa, Akmal SHorahmedov jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bo'lib ishlaydi.
Murabbiylar shtabida shuningdek, tajribali Andrey Miklyaev bilan darvozabonlar murabbiyi Alisher Ahmedov ham faoliyat yuritadi.
"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
11:19
Bir o'yin tarixi. O'zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatida Xorvatiyani qanday enggandi? 4
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar