So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  4 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Jamshid Saidov: "O'tgan yilgi chempion bilan durang o'ynadik" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "O'tgan yilgi chempion bilan durang o'ynadik"

"Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov qatnashdi.

"Bugun stadionga minglar muxlislar kelishdi. Afsuski bayram namoyish etishni uddasidan chiqa olmadik. "Paxtakor" pressing qilishini bilardik. Raqib bir necha karra O'zbekiston chempioni va bir necha karra O'zbekiston kubogi sohibi. Dastlabki bo'limda atayin ustunlikni raqibga berib qo'ydik. O'yin oxirida ular charchab qolishlarini bilardik. Yigitlarimga rahmat aytaman. G'alaba sari intilish juda kuchli bo'ldi. Muxlislarga juda katta rahmat aytmoqchiman.

Biz o'tgan yilgi chempionga qarshi o'ynadik. Sardor Rahmonov jarohati bois maydonga tushmadi. Jasur Hasanov esa jarohatini davolab maydonga tushdi. Jamoa uchta o'yinda gol o'tkazmadi, ko'z tegmasin. Uchinchi uchrashuvda ham o'yindan gol ura olmadik? To'g'ri, lekin biz mashg'ulotlar vaqtida ishlayapmiz. Nasib qilsa katta g'alabalar hali oldinda. Jamoa yillar davomida shakllanadi, tarkibda yulduzlar jamlansa bu degani faqat g'alaba qozonamiz degani emas. Birozgina vaqt kerak, jamoa sifatida o'zimizga kelib olamiz.

Kamoliddin Murzoev bugun juda yaxshi o'ynadi, shunchaki yakuniy aniq zarba bo'lmadi. U raqib himoyachilarini doim sergaklikda ushlab turdi. Hakamlar borasida hech nima deya olmayman. Ularning ishini nazorat qiladigan insonlar bor.

"Buxoro"ning maqsadi har bir o'yinda g'alaba qozonish, bunga erishish uchun mehnat qilishda davom etamiz. Yigitlarda ruhiyat bor", - deydi Jamshid Saidov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика