Jamshid Saidov: "Klubga kelib, birinchi navbatda jamoani birlashtirdim"
30 iyu 2023 22:58
Yangiliklar
Jamshid Saidov: "Klubga kelib, birinchi navbatda jamoani birlashtirdim"
O'yin haqida
- Birinchi navbatda yigitlarga rahmat demoqchiman. Ular berilgan topshiriq va vazifani alo darajada bajarishdi. G'alaba qozonganimizdan mamnunman. 7 iyulda Dukentda ikki haftalik yig'in boshlaymiz. Jamoani yaxshi tayyorlashga harakat qilamiz. Yangi o'yinchilar qo'shilishadi. Ikkinchi davrada esa oxirigacha harakat qilamiz.
- "Qizilqum" jamoasiga kelishingiz bilan jamoa taktikasida birinchi qanday o'zgarishni amalga oshirdingiz?
- Birinchi navbatda, men jamoani birlashtirdim. Jamoa sifatida birlashdik. Taktika masalasida ham o'zgarishlar qildik. Raqiblarni o'rgandik, harakat qildik. Yigitlar berilgan ko'rsatmalarni zo'r bajarmoqda.

- Ikkinchi davrada qanday o'zgarishlar bo'ladi?
- Tarkibda yangilanishlar bo'ladi. Buni aytib o'tdim. Tarkibda ham, o'yin uslubida ham o'zgarishlar bo'ladi. Ikkinchi davra qiziqroq bo'ladi. Katta rahmat.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar