So’nggi yangiliklar

07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  0 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  1 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  84 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  25

Jamshid Iskanderov: "Bu yil ham "Navbahor" oldiga yuqori maqsad qo'yilgan" Yangiliklar

Jamshid Iskanderov: "Bu yil ham "Navbahor" oldiga yuqori maqsad qo'yilgan"

"Navbahor" etakchisi Jamshid Iskanderov yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonlari haqida fikr bildirdi.

Futbolchi dastlab "Astana"ga qarshi kechgan o'yin haqida to'xtaldi.



"O'yinga keladigan bo'lsak, chempionatga tayyorgarlik davom etmoqda. Bosh murabbiy har bir poziciyaga yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazyapti. O'ylaymanki, jismoniy tayyorgarlik kerak, deb o'ylayman. Buyog'iga engillashgan holda hozirlikni davom ettiryapmiz", – deydi Jamshid Iskanderov.

- Yangi futbolchilarning qo'shilib ketishi qiyin bo'lmayaptimi?

- Tushunmovchiliklar bo'lishi tabiiy. Hali vaqtimiz bor, mavsum startigacha bir-birimizni tushunib olamiz, deb o'ylayman. 

- O'rtoqlik uchrashuvlarida natija muhim emas, desak to'g'rimi?

- Har bir o'yinga g'alaba uchun chiqamiz. "Rubin" bilan alamli mag'lubiyat bo'ldi. O'sha kuni bizning kunimiz emas ekan. Bu o'yinni esdan chiqarib, navbatdagi bahslarga etibor qaratamiz.

- O'tgan yili jamoa chempionlikka yaqin kelgandi. 

- Avvalambor, nasiba. Biz qo'ldan kelgancha harakat qilamiz. O'tgan yili ham, bu yil ham yuqori maqsad qo'yilgandi. Sportda kim yutishi yoki yutqazishini oldindan hech kim bilmaydi.

- CHetdan takliflar bormidi?

- Rahbariyat bilan kelishgan holda "Navbahor"da qoldim. 

- Boshqa jamoalarni ham kuzatyapsizmi?

- Har bir jamoaga qiziqamiz. Futbolchilar ham bir-birini kuzatadi.

- "Navbahor" muxlislariga nima degan bo'lardingiz?

- Avvalo, sog'-salomat bo'lishsin. Ular bizni doim yaxshi qo'llab-quvvatlab kelishgan.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика