So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  3 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  20 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  14 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

Jamshid Hasanov: "Qizilqum"ning birinchi davradagi o'yini ikkinchi davrada ham davom etdi. Lekin..." Yangiliklar

Jamshid Hasanov: "Qizilqum"ning birinchi davradagi o'yini ikkinchi davrada ham davom etdi. Lekin..."

Navoiyning "Qizilqum" jamoasi 2021 yilgi Superligani pastki o'rinlarda yakunladi.

Birinchi davrani ko'tarinki ruhda o'tkazgan Hamidjon Aktamov shogirdlari, mavsumning ikkinchi qismida omadsizlikka uchradi. Qator uchrashuvlarda muhim ochkolarni yo'qotdi. Biz bu borada jamoaning tajribali futbolchisi Jamshid Hasanovning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Dastlab mavsum haqidagi fikrlaringizni bildirsangiz. Birinchi davradagi "Qizilqum" bilan, ikkinchi davradagi jamoani farqi katta bo'ldi...

- To'g'ri birinchi davrani yaxshi o'tkazdik. Ko'p ochkolarni jamg'arishga erishdik. Umuman olganda hammasi yaxshi o'tdi. 

- Nima, deb o'ylaysiz jamoa kuchni noto'g'ri taqsimladimi? Yani bor energiya birinchi davrada tugab bo'lgandek ko'rindi....

- Yo'q, unday o'ylamayman. CHunki ikkinchi davrada ham birinchi davradagi o'yinimizni ko'rsata oldik. Lekin omad etishmadi. Sportda omad katta rol o'ynaydi. O'yin paytida ko'p vaziyatlar yaratdik. Hattoki 11 metrlik nuqtadan gol ura olmagan paytlarimiz bo'ldi. Mag'lubiyatga teng duranglar qayd etildi. 

- Ikkinchi davrada jamoa mag'lubiyatga uchragan qaysi uchrashuvda g'alabaga haqli edi?

- Barcha uchrashuvlarni misol keltirishim mumkin. 90 daqiqa davomida o'yinni o'z qo'limizga olib kichik bir xato evaziga mag'lubiyatga uchradik. 

- Navbatdagi mavsumga qanday rejalar tuzyapsiz?

- Uni vaqt ko'rsatadi. Taqdirda qaer yozilgan bo'lsa, o'sha erda to'p tepamiz. 

- Xorijdan takliflar kelib tushsa, chempionat darajasiga etibor qaratasizmi?

- Albatta chempionat darajasiga qarayman. O'ylaymanki, hozirda o'zimizning chempionat ham kuchayib bormoqda. Yuqori o'rinlar uchun kurashda raqobat kuchaydi. 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика