So’nggi yangiliklar

16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  2 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  4 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  5 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  1 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0 13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  28 13:12Арне Слот ҳакамлардан норози: "Лайнсмен байроқни кўтариш учун 13 сония вақт сарфлади"  0 12:45Фердинанд МЮ натижасига катта ҳисса қўшаётган 3 футболчини ажратиб кўрсатди  1 12:07"Челси" "Реал" ортга қайтаришни хоҳлаётган истеъдодга эътибор қаратди  4 11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамиёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  4 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2

Jamoliddin Rahmatullaev Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin oldidan: "Natija uchun o'ynaymiz" Yangiliklar

Jamoliddin Rahmatullaev Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin oldidan: "Natija uchun o'ynaymiz"

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev va jamoa futbolchisi SHerzod Abdulboriev Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

"Avvalambor ushbu bosqichga etib kelgan barcha jamoalarni tabriklayman. CHorak final o'yinlari barcha uchun muhim hisoblanadi. Ushbu o'yin Jahon chempionati yo'llanmasini ham taqdim etadi. SHu sababli biz mazkur muhim o'yinda g'alaba uchun harakat qilamiz". 

Futbolchilarga motivaciya berish haqida:

Biz ushbu turnirga juda katta motivaciya bilan kelganmiz. Yigitlarda ishtiyoq juda yuqori. O'yindan o'yinga jamoa har tomonlama rivojlanib bormoqda, ertaga ishtiyoqqa to'lib maydonga tushamiz. Bu futbolchilar bizning kelajagimiz. Aytganimdek, ularning o'sishlari, faoliyatlarida yirik turnirlar katta ahamiyatga ega.

Guruh bosqichi va chorak final o'yinlari:

Guruh bosqichi uchrashuvlari yakunlandi, endi esa bor eʻtiborimizni ertangi bahsga qaratganmiz. Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinga boshqacha yondashuv bilan tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Masʻuliyat va sovuqqonlik bilan kerakli natija uchun maydonga tushamiz. 

SHerzod Abdulboriev: "Ertaga muhim uchrashuvda maydonga tushamiz. O'zimizga bo'lgan ishonch bilan g'alabaga erishishni maqsad qilganmiz. Bu borada tayyorgarlik ham olib boryapmiz. Raqibimizni o'rganishda davom etyapmiz".

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика