So’nggi yangiliklar

07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  0 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  19 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  2 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8

Jamoasini o'zgartirish vaqti kelgan ijrochilar Yangiliklar

Jamoasini o'zgartirish vaqti kelgan ijrochilar

Yozgi transfer vaqtida yangi jamoaga o'tishi kutilayotgan yosh yulduzlar haqida so'z yuritmoqchimiz.

Ular qatorida allaqachon top-jamoalar nazariga tushgan, ammo transferi amalga oshishi kechikayotgan o'yinchilarni ko'rish mumkin. 

Deklan Rays ("Vest Xem")

"Manchester Yunayted"ning nazariga tushgan Deklan “Vest Xem”ni tark eta olgani yo'q. Yaqinlashib kelayotgan transfer vaqtida balki u "bolg'achilar" bilan xayrlashishi mumkin. Har holda unga “Manchester Yunayted” taklif bilan chiqmoqda. Biroq futbolchining transfer bahosi anchayin katta, yani 70 million funt sterlingni tashkil qiladi. Tabiiyki, bu xaridor jamoalarni o'ylantirib qo'ymoqda. Rays kun sayin APLda tajribasini toblab boryapti va katta jamoalarda o'ynash darajasiga etib kelgan. 

Risharlison ("Everton")

O'ta iqtidorli deya tariflanadigan Risharlison hozir "Everton"da to'p tepmoqda. Har safar transfer bozorida unga katta klublardan taklif bo'layotgani haqida xabarlar tarqaladi, biroq bu xabarlar haligacha o'z tasdig'ini topganicha yo'q. Yozda u kuchliroq jamoaga o'tishi kutilmoqda. 

Risharlison o'z intervyularida CHempionlar Ligasida to'p tepishni istayotgani va buning uchun kuchliroq klubga yo'l olishini ko'p marotaba takidlagan. OAVda tarqalgan malumotlarga ko'ra, unga "Milan", "Atletiko" va "Lion" tomonidan qiziqishlar bor. Katta ehtimol qahramonimiz yozda "irislar" safini tark etadi. 

Jovanni Simeone ("Verona")

Allaqachon Argentina milliy terma jamoasida o'z debyutini o'tkazgan kichik Simeone hozirgi kunda faoliyatini A Seriyada davom ettirmoqda. Aniqrog'i, u kamtarin bo'lgan "Verona" sharafini himoya qilmoqda. U kuchli jamoalar darvozasini ishg'ol qilishga erishdi. 

26 yoshli futbolchi yozgi transfer vaqtida yangi jamoaga o'tishi kutilmoqda. Hozirda unga APL, La Liga va Franciya chempionati klublaridan bir nechta taklif bor. "Monako" ham yozda Diego Simeonening farzandini o'z safiga qo'shib olishni ko'zlamoqda. 

Bukayo Saka ("Arsenal")

"Arsenal"da tajribasini yanada boyitib borayotgan Saka yozgi transfer vaqtida jamoasini almashtirishi mumkin. U 2018 yildan buyon "to'pchilar" libosida o'ynab kelmoqda. Muntazam ravishda Angliya terma jamoasidan chaqiruv olyapti. U Evro-2020 musobaqasining antiqahrmonlaridan biri hisoblanadi. SHunday bo'lsa-da, Saka La Liga yoki A Seriyada o'z faoliyatini davom ettirishi mumkin. Har holda unga taklif bilan chiqayotgan jamoalar talaygina. 

Andrea Belotti ("Torino")

Allaqachon 28 yoshni qarshilagan Belotti haligacha "Torino"da o'ynamoqda. Biroq futbolchining turinliklar bilan shartnomasi yozda yakunlanadi. SHundan so'ng u jamoasini almashtirishi mumkin. Ayni vaqtda unga talab anchayin ortgan. Jumladan, "Nyukasl", "Yuventus", "Milan" va "Inter" Andrea atrofidagi voqeallarni diqqat bilan kuzatib borishmoqda. U qay darajadagi hujumchi ekanini A Seriyada isbotlab bo'lgan. 

Uilfrid Zaxa ("Kristal Pelas")

Har yili yangi jamoaga o'tishi taxmin qilinadigan yana bir asosiy nomzod. Zaxa naqadar iqtidorli bo'lmasin, unga qiziqish bildiradigan jamoalar tomonidan aniq javob berilmaydi. "Kristal Pelas" Premer-ligada o'rtamiyona jamoa hisoblanadi. 

Mutaxassislar va ekspertlar Zaxani nisbatan yuqori saviyali jamoa safida o'ynashini istashadi. Yaqinda "Daily Mail" nashrida Zaxaga "Nyukasl" tomonidan qiziqish bo'layotgani va "hakkalar" yozda uni sotib olishi mumkinligini yozishdi.

Samandarbek tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика