So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Jamoasini ECHL guruh bosqichiga olib chiqqan 5 azamat FOTO Yangiliklar

Jamoasini ECHL guruh bosqichiga olib chiqqan 5 azamat FOTO

Tunda Evropa chempionlar ligasi pley-offi doirasidagi 5ta o'yin bo'lib o'tdi.

Uning yakuniga ko'ra beshta jamoa ECHL guruh bosqichiga yo'l olgan bo'lsa, mag'lub bo'lgan besh jamoa Evropa ligasida ishtirok etadigan bo'ldi.

Biz pley-off o'yinlarida o'zini ko'rsatib jamoasining g'alabalariga xissa qo'shgan besh nafar futbolchini tanlab oldik.


Xorvatiya chempioni Zagrebning "Dinamo" klubi pley-offda Albaniya chempioni "Skenderbeu"ga qarshi o'ynadi. Ilk uchrashuvda safarda g'olib bo'lgan "Dinamo"ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati oshib ketgandi. Javob o'yinida Xorvatiya klubi 4:1 hisobida zafar quchdi.

Jazoirlik Al Arbi Hilol Sudani ikkita o'yinda 3ta gol urdi. 27 yoshli hujumchi "Dinamo"ning ikki yillik tanaffusdan so'ng yana ECHL guruh bosqichida o'ynashini taminladi.

"DINAMO ZAGREB" (Xorvatiya) - "Skenderbeu Korche" (Albaniya) 4:1 (birinchi o'yin 2:1)

Qahramon - Al Arbi Hilol Sudani



SHveciyaning "Malme" klubi pley-offda SHotlandiya chempioni "Seltik" qarshiligini engishga erishdi. Skandinaviya klubi ilk o'yinni SHotlandiyada o'tkazib 2:3 hisobida yutqazdi. O'sha uchrashuvda "Malme"ning ikkala goliga Yo Inge Berget mualliflik qilgandi. Kechagi javob bahsida shveciyaliklar 2:0 hisobida zafar quchishdi va guruh bosqichiga yo'l olishdi. Qahramon sifatida aynan ilk o'yinda ikkita to'p kiritgan Yo Inge Bergetni tanlashga qaror qildik. Qizig'i o'tgan mavsumni bu futbolchi aynan "Seltik" safida o'tkazgandi...


"MALME" (SHveciya) - "Seltik" (SHotlandiya) 2:0 (birinchi o'yin 2:3)

Qahramon - Yo Inge Berget



Isroilning "Makkabi" klubi pley-off bosqichida o'z yurishini to'xtatishini ko'pchilik taxmin qilgandi. Sababi raqib SHveycariyaning "Bazel" klubi edi. Biroq ilk o'yinni safarda o'tkazgan Tel-Aviv klubi 2:2 hisobida durang bilan uyiga qaytdi. O'z maydonida esa 1:1 hisobini qayd etib 10 yillik tanaffusdan so'ng yana ECHL guruh bosqichida o'ynash huquqini qo'lga kiritdi.

Qizig'i ushbu o'yinlarda "Makkabi"ning uchala golini ham jamoa sardori Eran Zahavi kiritdi. Haqli ravishda aynan uni qahramon sifatida tan oldik.

"MAKKABI TEL-AVIV" (Isroil) - "Bazel" (SHveycariya) 1:1 (birinchi o'yin 2:2)

Qahramon - Eran Zahavi



Ukrainaning "SHaxtyor" klubi qiyinchilik bilan guruh bosqichiga yo'l oldi. Safardagi dastlabki o'yinda Marlosning yagona goli Mircha Luchesku shogirdlariga g'alaba keltirgandi. Javob bahsida 2:2 hisobi qayd etildi. Bu o'yinda ham iyul oyida "Metallist"dan sotib olingan Marlos bitta gol urdi va jamoasining guruh bosqichiga yo'l olishida katta xissa qo'shdi.

"SHAXTYOR" (Ukraina) - "Rapid" (Avstriya) 2:2 (birinchi o'yin 1:0)

Qahramon - Marlos



Franciyaning "Monako" klubi o'tgan mavsum ECHL chorak finaliga qadar etib borgan edi. Yangi mavsumda esa bu jamoa Evropa ligasida ishtirok etadi. Sababi monegasklar pley-offda Ispaniyaning "Valensiya" klubiga ikki o'yin natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Ispaniyada o'tgan dastlabki o'yinda "ko'rshapalaklar" 3:1 hisobida zafar quchishgandi. Kechagi javob bahsida esa "Monako" 2:1 hisobida g'olib bo'ldi. "Valensiya" guruh bosqichida ishtirok etadigan Ispaniyaning beshinchi jamoasiga aylandi. Birinchi o'yinda gol urgan va golli pas oshirgan Sofyan Feguli ikkinchi bahsda ham faol o'ynadi.

"Monako" (Franciya) - "VALENSIYA" (Ispaniya) 2:1 (birinchi o'yin 1:3)

Qahramon - Sofyan Feguli



Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика