So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  54 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Jaloliddinov debyut qilgan o'yinda "Qayrat" Bosniya va Gercegovina chempioniga mag'lub bo'ldi GALEREYA Yangiliklar

Jaloliddinov debyut qilgan o'yinda "Qayrat" Bosniya va Gercegovina chempioniga mag'lub bo'ldi GALEREYA

SHu kunlarda Antalya shahrida Qozog'istonning "Kayrat" jamoasi ham o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazyapti.

O'zingizga malum, "Championat.asia" ijodiy guruhi ham Turkiyada bo'lib turibdi. Vaziyatdan foydalanib qo'shnilarimiz ishtirokidagi o'rtoqlik nazorat o'yiniga bordik.

Rasman: Jasur Jaloliddinov - "Qayrat" o'yinchisi!

Kecha Qurbon Berdiev shogirdlari Bosniya va Gercegovinaning amaldagi chempioni "Borac"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Yaqinda klub ixtiyoriga kelib qo'shilgan hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov ikkinchi bo'limda to'liq harakat qildi. Jasurning norasmiy debyutida "Qayrat" 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Qurbon Berdievdan qo'ng'iroq yoxud Jasur Jaloliddinov "Qayrat"da o'ynaydi

O'rtoqlik uchrashuvi

09.02.2022

"Kaya Palazzo Golf Resort" mehmonxonasi maydoni, Antalya

"Qayrat" - "Borac" 1:2

Bosh hakam: Kirill Levnikov

Gollar: Ariya Barzegar - Meleg, Begich

"Qayrat": Danil Ustimenko, Sultanbek Astanov, Arsen Buranchiev, Maki Banyak, Lev Kurgin, Adam Adaxadjiev, Yacek Guralskiy, Erkebulan Seydaxmet, Guljigit Alikulov, Andrey Ulshin, Daniyar Usenov.

2-bo'limda tushganlar: Ulyanov, David Ekve, SHvirev, Jasur Jaloliddinov, Kurgin, Aria Barzigar, Kasabulat, Dadaev, Alimjan, SHirokobokov, Krachkovskiy.

"Borac": Nikola Cetkovich, Luka Kuchin, Marko Kuyundjich, Aleksandr Voynovich, Dorde Miloevich, Amar Begich, Toni Yovich, Deyan Meleg, Obren Cviyanovich, David CHavich, Yovo Lukich.

Zaxira: Boyan Pavlovich, Stranicha Boshchak, Luka Drcha, Boro Erich, Dino CHorchich, Filip Rachich, Aleksandr Subich, Deyan Popara, Vasiliche Jotich, Ferhad Ayaz, Milan Vushurovich, Panagiotis Moratis, Enver Kulashin.

Eslatib o'tamiz, "Qayrat" 12 fevral kuni O'zbekistonning "Navbahor" jamoasi bilan to'qnash keladi.

"Qayrat" - "Borac" uchrashuvidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov

Antalya, Turkiya

Qurbon Berdiev.


Uchrashuvni "Alaniya" bosh murabbiyi Spartak Gogniev ham kuzatib bordi.

"Alaniya" murabbiyi Gogniev - Jaloliddinov, SHomurodov va Mirjalol Qosimov haqida


Qozoq Messisi Erkebulan Seydaxmet.


Qirg'iz Messisi Guljigit Alikulov.


O'zbek Messisi Jasur Jaloliddinov.


Bosniya va Gercegovinadan ikkita telekanal ana shu bahsni yoritib bordi va bellashuvdan so'ng bosh murabbiy hamda jamoa himoyachisidan intervyu olishdi.





"Qayrat" - "Borac" uchrashuvidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика