Jaloliddin Masharipov: "Faoliyatimizdagi eng qiyin uchrashuvni o'tkazdik"
06 iyu 15:32
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipov: "Faoliyatimizdagi eng qiyin uchrashuvni o'tkazdik"
Terma jamoamiz etakchisi Jaloliddin Masharipov BAAga qarshi o'yindan so'ng bahs haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.
"Faoliyatimizdagi eng qiyin uchrashuvni o'tkazdik. O'yindan oldingi bosim ham juda katta edi. G'alaba qozonish yoki durang qayd etishdan qati nazar, bizga faqatgina g'alaba kerak edi. Bizga bor-yo'g'i bir ochko kerak edi. Biz barchasini to'g'ri qildik va mundialga yo'l oldik. Vatanimizni xursand qildik.
Avvalgi saralashlarda hozirgi futbolchilardan ham kuchliroq futbolchilar bo'lgan, mening nazarimda. Biroq jamoaviy o'yin bo'lmagan, hozir esa biz jamoa sifatida kuchlimiz. Biz bir oila bo'lib olganmiz va shu sababli ham g'alaba qozonyapmiz", - dedi Jaloliddin Masharipov JCH yo'llanmasi qo'lga kiritilganidan so'ng.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar