Jaloliddin Masharipov Eronga qarshi o'ynamaydi
20 mar 22:27
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipov Eronga qarshi o'ynamaydi
Ayni damda O'zbekiston terma jamoasining JCH saralashi doirasida Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'yini davom etmoqda.
Ushbu uchrashuvning 56-daqiqasida termamiz etakchisi Jaloliddin Masharipov raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi va bosh hakam Yusuke Araki bu holatni simulyaciya deb baholadi. Shu orqali Masharipov sariq kartochka ishlab oldi.
Bu uning ushbu saralash bosqichidagi ikkinchi sariq kartochkasiga aylandi va u Eronga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi aniq bo'ldi. Bunga qadar u Qatar (3:2) termasiga qarshi uchrashuvda ham ogohlantirilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar