Jaka "Arsenal"ni tark etmoqchi
09 may 2023 16:50
Yangiliklar
Jaka "Arsenal"ni tark etmoqchi
"Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jaka yozda London klubini tark etish istagida.
Bu haqda "The Sun" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 30 yoshli shveycariyalik futbolchi oldida Leverkuzenning "Bayer" klubidan taklif bor. "Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchining ketishiga qarshi emas.
Jaka "Arsenal"da 2016 yildan beri to'p tepib keladi. Uning shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 28 million evroga baholamoqda.
Jaka 2022/23 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda qatnashib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar