So’nggi yangiliklar

01:55Лига 1. Хвичанинг дубли ПСЖга "Осер" устидан ғалабани тақдим этди  0 01:14"Ливерпуль" янги битимни эълон қилди  1 00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  1 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  4 23:38Рўзиқул Бердиев: "Қўқон-1912" анча курашувчан жамоа эканлигини билардик"  4 23:30Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Файҳа" сўнгги дақиқаларда урилган голлар эвазига "Ал Ухдуд"ни мағлуб этди, Шукуров 90 дақиқа ўйнади  1 22:46Суперлига. "Шўртан" мавсумдаги илк ғалабасини бир киши кам бўлиб қолган "Андижон" устидан қўлга киритди  80 22:31Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га мағлуб бўлиб, жорий мавсумда соврин ютиш имкониятини қўлдан чиқарди  84 21:51Вадим Абрамов: "Жуда ёмон ўйин намойиш этдик. Мухлислардан узр сўрайман"  3 21:31Улуғбек Бакаев: "Мағлубиятли сериядан сўнг қайд этилган дурангни яхши натижа деб ҳисоблайман"  9 21:20"Ливерпуль" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 20:57Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Насаф"га мағлуб бўлди   28 20:42Германия Бундеслигасида 2024/25 йилги мавсум якунланди  3 20:38РПЛ. "Рубин" меҳмонда учта тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 20:00Суперлига. Захирадан тушганлар ўзини кўрсатган "Бухоро" – "Динамо" ўйинида жанговар дуранг қайд этилди  24

Jahon chempionatidan mosuvo bo'lgan yulduzlar Yangiliklar

Jahon chempionatidan mosuvo bo'lgan yulduzlar

Har to'rt yilda bir marotaba o'tkaziladigan musobaqaga joziba baxsh etadigan ko'pgina betakror futbolchilar turnirni oynayi jahon qarshisida tomosha qilishga majbur.

2022 yilgi mundialning 32 jamoasidan 20 tasi aniq bo'lib ulgurdi. SHuningdek, Qatardagi turnirda ishtirok etmasligi aniq bo'lib ulgurgan futbolchilarni bilib oldik. Tabiiyki, ular orasida ko'plab yulduz futbolchi bor.


Erling Holand va Martin Edegor

Norvegiya terma jamoasi guruhda Niderlandiya va Turkiyadan keyin uchinchi o'rinni egalladi. Erling Holand jarohatlar tufayli saralash bosqichining 2/3 qismini o'tkazib yubordi, "Borussiya" forvardisiz uning jamoasi asosiy raqobatchilariga qarshi bahslarda ochko yo'qotishdi (turklar bilan durang va niderlandiyaliklarga imkoniyat boy berildi).

SHunday bo'lsa-da, Holand gollari bilan jamoasiga katta yordam berdi (beshta gol, terma jamoaning saralashdagi eng yaxshi to'purari), Edegor esa 10 o'yinda achinarli statistika qayd etdi — 0+0. 

Supertalantlar endilikda kamida 2026 yilgacha kutishlari kerak.


Yan Oblak

Dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri terma jamoa safida birorta muhim turnirida ishtirok etmadi: 2010 yilgi jahon chempionatida Handanovich darvozani qo'riqladi, keyin esa Sloveniya birorta saralashdan o'ta olmadi. Bu safar Xorvatiya, Rossiya va Slovakiya terma jamoalari guruhda ilg'or harakat qilishdi.

Oblak 29 yoshda, ehtimol, uni yana bir nechta saralash bosqichida ko'rarmiz.


David Alaba

Alaba Evropa chempionatida ishtirok etdi, lekin u hali jahon chempionatida qatnashmagan. Kelasi mundialda David 33 yoshda qarshilaydi. Avstriyaliklar saralashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi (guruhda Daniya, SHotlandiya va Isroildan keyin to'rtinchi o'rin), lekin Millatlar ligasi orqali pley-off bosqichiga yo'l oldi. Biroq barcha urinishlar besamar ketdi - Alaba, Zabitcer va Arnautovichni Garet Beyl boshchiligidagi Uels kutib turardi. Beylning dubli Uelsni hal qiluvchi saralash bosqichiga olib chiqdi.


Italiya terma jamoasi

Amaldagi Evropa chempionlari ketma-ket ikkinchi jahon chempionatini o'tkazib yuboradi. Tarkibdagi yulduzlarni uzoq sanash mumkin: Donnarumma, Bonuchchi, Kellini, Jorjino, Barella, Verratti, Keza, Immobile, Insine — bularning barchasini Qatarda ko'rmaymiz.


Patrik SHik

O'tgan yilgi Evropa chempionatining eng yaxshi to'purarlaridan biri jahon chempionatini o'tkazib yuboradi. Achinarlisi, Patrik jarohati tufayli SHveciyaga qarshi pley-off bahsini o'tkazib yubordi, [lekin u ajoyib formada edi, jumladan, Bundesliga to'purarlik poygasida ikkinchi o'rinda bormoqda (20 o'yinda 20 gol).

U bilan birgalikda "Vest Xem" desantlari — Souchek, Coufal va Kral ham musobaqada qatnashishdan mahrum bo'ldi.


Edin Jeko

Bosniya va Gercegovina sardorining o'yini saralash bosqichida ko'ngildagidek bo'lmadi — atigi bitta gol (hatto Pyanich 2 ta gol urdi). Jamoa etakchisining bunday natijasi bilan ularni jahon chempionatida ko'rish qiyin masala.


Genrix Mxitaryan

Armaniston terma jamoasining yulduzi saralash bosqichining boshlanishini o'tkazib yubordi - jamoa uchta o'yinda uch bor g'alaba qozondi. Keyin Mxitaryan qaytdi: 4 mag'lubiyat, 3 durang va guruhda to'rtinchi o'rin.

2022 yilning martida Mxitaryan terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini malum qildi.


Xvicha Kvaracxeliya

Gruziyalik dribling sohibi jahon chempionatini yangi jamoasi — "Dinamo Batumi" lagerida tomosha qilishga majbur.

Boshqa qitalarda ham yo'qotishlar bor

Solomon Rondon

Janubiy Amerikada bir nechta jamoalar hali ham mundialga chiqish imkoniyatiga ega (CHili, Kolumbiya, Peru). SHu sababli, venesuelalik Rondon bu erda asosiy yulduz sifatida etirof etilmoqda. Ikkinchi variant - paragvaylik Xesus Medina.


Eldor SHomurodov

Osiyoning asosiy yo'qotishi — O'zbekiston terma jamoasi sardori. Eldor saralash bosqichida ancha ter to'kdi — 7 ta gol. Ammo bu ham jamoasiga yordam berolmadi.


Sebastyan Aller

Afrikaga yo'l olamiz. Ushbu qitadan Kot-D’Ivuar joriy mavsumning super to'purarlaridan biri Sebastyan Aller bilan birgalikda badarg'a bo'ldi. Joriy mavsumda "Ayaks" hujumchisi hisobida 33 ta gol bor, ammo saralashda terma jamoa safida atigi 2 ta gol urdi. Kot-D’Ivuar hatto pley-offga ham chiqa olmadi. Aller bilan birgalikda Zaa, Kessie, Ore, Bayi va Nikolya Pepe ham uyda qolishadi.


Per-Emerik Obameyang

Gabon ivuarliklar bilan bir bosqichda musobaqadan chiqib ketdi. Obameyang saralash bosqichida yaxshi o'ynadi, ammo keyin turli muammolar (jumladan, tartib-intizom bilan bog'liq xatti-harakatlar) tufayli butun Afrika kubogini o'tkazib yubordi. Hozirda Per-Emerik uchun klubdagi faoliyati muhimroq - u "Barselona"da yaxshi harakat qilmoqda.


Nabi Keyta

"Liverpul" va Gvineya terma jamoasi yarim himoyachisi ham mundial chiptasidan mahrum bo'ldi. U bilan birga tarkibda "Klermon"ning kelajagi porloq hujumchisi Muhammad Bayo, "Roma"ning tayanch yarim himoyachisi Amadu Diavara, "Loko"dan Fransua Kamano, hatto Pol Pogbaning ukasi ham to'p tepadi.

Afrikadagi saralash bosqichining asosiy intrigasi o'z kuchida qolmoqda: Saloh-Mane juftligidan biri jahon chempionatisiz qoladi. "Liverpul" hujumchilari pley-off bosqichida bir-biriga qarshi o'ynashadi. Birinchi o'yinda Misr 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика