So’nggi yangiliklar

15:40Ана холос! Boxing Day'да фақат битта ўйин бўлади  0 15:15Рубен Аморим: "МЮ "Ливерпуль"дан тепада бўладими, менга фарқи йўқ"  1 14:50Терри "Тоттенхэм" собиқ футболчисининг "Челси" ҳақидаги гапига жавоб қайтарди  1 14:33Мбаппе "Реал" ва ПСЖни солиштирди  8 14:10Қашқадарё футбол академияси фойдаланишга топширилди  3 13:50Ислом бирдамлик ўйинларида футзал тақвими тасдиқланди  0 13:29Ўзбекистон Жаҳон чемпионатига тайёр (Кичик мундиал ҳақида билишимиз керак бўлган маълумотлар)  1 12:24"Барселона" "Челси" ва "Милан" билан Лига 1 даги ҳужумчи учун баҳслашади  2 11:4834 ёшли Рэмзи "Пумас" билан шартномани бекор қилди. У июль ойида Мексика клубига ўтган эди  1 11:20Мбаппе "Тоттенхэм" юлдузи Хави Симонсга баҳо берди  0 10:36Слот мағлубиятларга асосий сабаб нима бўлаётгани ҳақида гапирди  1 09:57Мбаппе жорий мавсумдаги мақсадини айтди  3 09:30Канте Европага қайтиши мумкин  1 09:02МЮ қишда АПЛ юлдузи билан шартнома имзоламоқчи  4 08:33Суперлига. Бугун "Бухоро" яна "Бобур Арена"да ўйнайди  13

Jahon chempionati favoritlari libosi bilan tanishing Yangiliklar

Jahon chempionati favoritlari libosi bilan tanishing

Qatardagi "Al Bayt" stadionida bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha 2022 yilgi Jahon chempionati ochilish uchrashuvi bo'lib o'tishiga ham uch oydan kamroq vaqt qolganida, Adidas va Puma turli terma jamoalar uchun liboslar to'plamini, jumladan, kubokni qo'lga kiritish uchun potencial davogarlar qatorida bo'lgan Argentina va Germaniyaga yangicha ko'rinishdagi futbolkalarni taqdim qildi.

Puma tayyorlagan liboslarda o'zining g'alati bir yangi falsafasini ilgari surdi va "bo'ronlar"ga sabab bo'ldi. 2022 yilda Puma taqdim etgan mehmon formalarining old tarafi markaziga futbolchi raqami atrofiga har bir mamlakatning o'ziga xosligidan kelib chiqqan holda maxsus "halo"lar bilan bezatildi. Ushbu liboslar o'tgan yili Evropa klublari uchun uchinchi libos sifatida ishlangan va futbol ko'ylaklari tarkibi qoidalarini buzib, olib tashlangan qismlarni katta bo'laklar bilan almashtirilgan liboslar dizayni bilan aynan bir xil bo'lib qolgan. Ular ushbu liboslardan qimmatli saboq olmagan ko'rinadi. Tan olish kerak, bazi formalar boshqalaridan ko'ra yaxshiroq chiqqan. 

Quyida Adidas va Puma tomonidan terma jamoalar uchun ishlangan ko'plab liboslarni ko'rib chiqib, qisqa tavsifdan so'ng chiroyli chiqqani yoki yo'qligiga qaror beramiz.

Argentina mehmon libosi (Adidas)

O'tgan oyda oshkor qilingan so'nggi versiyadagi terma uy libosidan mashhur "Albiceleste" chiziqlari bilan ajralib turuvchi Argentinaning 2022 yildagi mehmon formasining asosini quyuq va to'q binafsharang tashkil etadi. Adidas mamlakat bayrog'i markazidagi oltin quyoshni aks ettirish uchun pastdan ko'tarilgan olovli chizmadan foydalanishgan.

Baho: yaxshi

Germaniya uy libosi (Adidas)

Odatdagi shablondan chetga chiqib, "Ayaks"ga taqlid qilib, uning libosiga o'xshatgan holda, raqam, logotip va yulduzlarni o'z ichiga olgan yakka keng qora chiziqli markaziy "fartuk"li libos "nemis mashinasi"ga taqdim etildi. Bu, albatta, DFB tomonidan afzal ko'riladigan standart oq ko'ylaklardan voz kechish bo'lishiga qaramay, yaxshi tanlov ekanini takidlash joiz.

Baho: yaxshi

Germaniya mehmon libosi (Adidas)

Asosan qora rangdan tarkib topgan mehmon libosi xuddi uy formasi kabi nafis bo'lib, chuqur to'q rangli qizil grafiklar bilan qoplangan. Unda shuningdek, nemislarning tezkor va tartibli o'yini ishorasi bo'lgan ramzlar ham mavjud.

Baho: yaxshi

Gana mehmon libosi (Puma)

Ushbu libos Gana to'qimachilik qolipidan ilhomlangan holda, markazda joylashtirilgan kvadrat shakl yorqin qizil maydon tepasidan o'rin olgan milliy bayroqning talqin qilinishidir. U yorqin va rang-barang bo'lib, Puma'ning asosiy dizaynini umumiy nafisligini buzmagan holatda ifodalangan kam sonli yaxshi namunalardan biridir.

Baho: yaxshi

Yaponiya uy libosi (Adidas)

Yaponiyaning Jahon chempionati uchun hozirlayotgan ikki libosi ham qadimgi yapon qog'ozlarini qatlash sanati bo'lgan origamidan ilhomlangan holda chizilgan. Uy formasi ananaviy "ko'k samuray" rangida bo'lib, uning ustiga Yaponiya futbol federaciyasi tepasida tasvirlangan mifologik uch oyoqli qarg'a Yatagarusuning origami modeliga o'xshab ketadigan to'liq grafigiga ega naqshlar bilan bezatilgan.

Baho: yaxshi

Yaponiya mehmon libosi (Adidas)

Kun chiqar yurtning oppoq mehmon libosi englarida xuddi shu Yatagarusu origami grafikasi tasvirlangan. SHu bilan birga, undagi ikki xil rangli xiralik effekti Yaponiyaning futbolga o'ziga xos yondashuvi: quvvatlilik, tezkor, ochiq va shiddatli o'yin namoyish etishni bildiradi. 

Baho: yaxshi

Meksika mehmon libosi (Adidas)

Qadimgi Meksikaning mahalliy madaniyatidan ilhomlangan holda yaratilgan libos Mikstek sanati bilan qoplangan bo'lib, Adidas vakillarining aytishicha, "millatning jangovar ruhini chaqiradi".

Baho: yaxshi

Marokash mehmon libosi (Puma)

Baho: qoniqarli emas

Senegal mehmon libosi (Puma)

Libosning jo'shqin yashil rangi etarlicha yoqimli, ammo chizmalar... Puma vakillarining izohiga ko'ra, darg'azab sher jag'ining mavhum talqini bo'lishi mo'ljallangan, biroq u yaxshi namuna bo'lish uchun o'ta minimal va juda noaniq hisoblanadi. Afrikaning amaldagi chempionlari bundanda yaxshisiga loyiq edi. 

Baho: qoniqarli emas

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика