So’nggi yangiliklar

23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  0 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  8 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  1 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:28АПЛ. "Ливерпуль" - "Лидс" ҳамда Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  1 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  9 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  5 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0

Iyun oyida Toshkentga Jahon chempionati kubogi keladi Yangiliklar

Iyun oyida Toshkentga Jahon chempionati kubogi keladi

Futbol bo'yicha Jahon chempionati o'tkaziladigan yilda O'zbekiston FIFA World Cup™ Trophy Tour by Coca-Cola loyihasini o'zida qabul qiladi.

"Yil yakunida o'tkaziladigan Mundial oldidan O'zbekiston ushbu tarixiy kubok sayohat qiladigan dunyoning 51 mamlakatlaridan biri ekanligi katta sharafdir.

2022 yil o'zbek futboli uchun katta ahamiyat kasb etadi. CHunki bu yil ko'plab muxlislarni ruhlantiradigan va quvonchiga sabab bo'ladigan futbol yurtimizga kirib kelganining 110 yilligi nishonlanmoqda.

SHuni alohida takidlash kerakki, mamlakatimizga va futbolimiz hamjamiyatiga bildirilayotgan bunday ishonch yurtimizda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev boshchiligida so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, sportning futbol turiga qaratilayotgan etibor natijasidir.

FIFA, O'zbekiston Futbol associaciyasi hamda Coca-Cola muxlislar uchun ana shunday festival tashkil etish, futbol bo'yicha Jahon kubogini ko'rish imkoniyatini taqdim etish borasidagi o'zaro hamkorlikdan mamnun. 6 iyun kuni Kubok taqdimotida shuningdek, Jahon chempionlari Kristian Karambyo va Karles Puyol ishtirok etishi kutilmoqda.

Biz ushbu tadbirlar yuqori darajada o'tkazilishi uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz va yana bir bor hamkorlarimiz FIFA va Coca-Cola'ga ishonch uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ishonamizki, kelayotgan futbol bayrami mamlakatimizning katta futbol tadbirlari mezbonligiga tayyor ekanligiga yana bir bor namoyon etadi", - deyiladi manba xabarida.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика