So’nggi yangiliklar

21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  25 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  2 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  42 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  5 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  18 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1

Iyul oyining eng yaxshi murabbiyi – Andrey Fyodorov Yangiliklar

Iyul oyining eng yaxshi murabbiyi – Andrey Fyodorov

Bilasiz, O'zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon championat.asia bilan oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.

Mazkur so'rovnomada Superliganing 12ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnoma orqali qabul qilindi.

Bilasiz, iyun-iyul oylarida Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati-2018 bo'lib o'tdi. SHu sababdan Superligada qisqa tanaffus yuzaga keldi va iyun oyida faqatgina bitta tur o'yini tashkil etildi. SHuni inobatga olib, iyun va iyul oylari uchun bitta so'rovnoma tashkil qilishga qaror qilindi. Zero bitta tur natijalari inobatga olinib, iyun oyining eng yaxshilari aniqlanishi biroz nojoiz bo'lar edi. SHu tariqa bu safar iyun oyidagi bitta tur va iyuldagi 5ta tur uchrashuvlari yakunlariga ko'ra eng yaxshilar aniqlandi.

Ortda qolgan 6ta turda eng yaxshi natija qayd etgan jamoa – Andrey Fyodorov ustozligidagi "Lokomotiv" bo'ldi. "Temiryo'lchilar" ushbu mutaxassis boshchiligida 5 g'alaba va 1 durang qayd etishdi. O'tkazilgan so'rovnomada ham ko'pchilik aynan Andrey Fyodorov nomzodiga ko'proq ovoz berdi. Ikkinchi pog'ona esa Mirjalol Qosimovga nasib etdi. Uchinchi o'rindan esa SHota Arveladze joy oldi.

SHu tariqa Andrey Fyodorov ilk bora oyning eng yaxshi murabbiyi deya tan olindi. Bunga qadar 2 marta bu nomga sazovor bo'lgan Mirjalol Qosimov bu gal ikkinchi o'rin bilan kifoyalandi. Har oy eng yaxshi bo'lish uchun nomzodlar qatoridan o'rin egallayotgan SHota Arveladzega esa bu safar ham biroz omad etishmadi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика