So’nggi yangiliklar

07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  1 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  10 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  10 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  4 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  14 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0

Ivan Yosovich: "Balki "Qo'qon-1912" "Lokomotiv" uchun noqulay raqibdir" Yangiliklar

Ivan Yosovich: "Balki "Qo'qon-1912" "Lokomotiv" uchun noqulay raqibdir"

Muhim g'alabadan keyingi fikr.

"Qo'qon-1912"ning serbiyalik himoyachisi Ivan Yosovich "Lokomotiv"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng saytimiz muxbiri Abdulaziz Iskandarovga o'yin borasidagi mulohazalarini bildirdi. 

- O'yin haqida...

- Avvalgi 3ta uchrashuvda maksimal darajada harakat qilgan bo'lsakda, kichkina xatolar evaziga mag'lubiyatga uchrayotgandik. Qaysidir manoda omadsizlik desam ham bo'ladi. O'yin davomida boringni berasan, harakat qilasan, lekin yakunda yutqazasang alam qiladi. Xudoga shukur kecha "Lokomotiv"ni mag'lubiyatga uchrata oldik. Mazkur g'alaba o'zimizga bo'lgan ishonchni qaytargan bo'lsa ajab emas. Buni keyingi o'yinlarda bilib olamiz. Oldindagi raqiblar bilan ham oson bahs kechmasligi aniq. Ammo bizni g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi. Turnir jadvalidagi o'rnimizni yaxshilab olishimiz uchun ko'proq ochko jamg'arishimiz lozim. 

- Statistikaga qaraydigan bo'lsak, jamoa kecha raqib darvozasiga 3ta zarba yo'lladi. Ularning 2tasi gol. "Lokomotiv" esa ustunlikni qo'liga oldi, ko'plab hujumlar tashkil qildi. Biroq vaziyatlardan foydalana olmadi. Kecha chinakamiga "Qo'qon-1912"ning omadi keldimi?

- Omad kelishi uchun ham harakat qilish kerak. O'z-o'zidan osmondan tushmaydi. Qiziq holat shuki, "Nasaf", "Neftchi"ga qarshi o'yinlarda oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib mag'lubiyatga uchragan edik. Kecha shuning teskarisi yuz berdi. 

- Markaziy himoyada Murod Holmuhammedov bilan yaxshi tandem hosil qilasiz. Uning qaytishi jamoaga ko'tarinki ruh berdimi?

- Bosh murabbiyimizni qiynayotgan muammolardan biri jarohatlar va yo'qotishlar hisoblanadi. Tarkibdagi har bir futbolchining o'rni bor. Murod esa jamoamizning haqiqiy etakchisi. Dilshod Rahmatullaev, Aleksandr Merzlyakov, Oybek Rustamov safimizga qaytsa yanada kuchli bo'lamiz. 

- "Qo'qon-1912" so'nggi yillarda boshqalarga qaraganda "Lokomotiv" uchun chaqilmas "yong'oq"qa aylanib bormoqda...

- Ular juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Jamoani yosh murabbiy boshqarmoqda. SHunga qaramay maydonda  uning imzosi bor. "Lokomotiv"ga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman. Savolingizga yakun yasaydigan bo'lsam, balki biz bu jamoaga noqulay raqibdirmiz (kuladi).


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика