So’nggi yangiliklar

08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  2 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  1 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  4 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  11 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0

Ivan Boshkovich: "U jamoasi yutqazmasligi uchun hamma ishni qildi" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "U jamoasi yutqazmasligi uchun hamma ishni qildi"

Coca Cola Superligasining 23-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

- Birinchi o'rinda "Nasaf"ni va o'z futbolchilarimni yaxshi o'yin ko'rsatishgani bilan tabriklayman. Qiyin bahs o'tkazdik. Raqibda vaziyatlar ko'p bo'ldi. Lekin foydalana olmadi. Futbolchilarim berilgan ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. "Nasaf"ning individual jihatdan kuchli ijrochilarini o'z vaqtida yopishdi. "Nasaf"ga chempion bo'lishini tilab qolaman. O'yindagi hissiyotlarni unutamiz. Professionallik yo'qolmasligi kerak. 

- 2011 yil "Nasaf"da o'ynagansiz. O'sha vaqtdagi jamoa bilan bugungi jamoani taqqoslay olasizmi?

- "Nasaf" doim yaxshi darajani ushlab qolgan. Yosh futbolchilar etishib chiqyapti. Akademiya yaxshi yo'lga qo'yilgan. Qolgan jamoalarga raqobatlasha olyapti. Menimcha chempionlikni qo'lga kiritadigan palla keldi. 

- Darvoza chizig'i ustidan to'pni qo'l bilan qaytargan futbolchi uchun bu oxirgi choramidi?

- Nima ham deyish mumkin? U jamoasi yutqazmasligi uchun hamma narsani qildi. Barcha futbolchilar harakat qildi. 

- "Nasaf" sizni hurmat qiladi. Muxlislari ham ko'p. Akademiyamiz faoliyati yo'lga qo'yilgan. Qiziq, "Bunyodkor"ga qanday kelib qoldingiz?

- Men o'ynagan jamoalarimda yaxshi nom qoldirishga intilganman. "Nasaf"da ishlash xohishi yo'q emasdi. Lekin birinchi bo'lib "Bunyodkor"dan taklif tushdi. Hayot shunday. O'zbekistondagi do'stlarim bilan aloqalar saqlanib qolingan. Akademiyada murabbiylik faoliyatimni boshladim. 

- "Bunyodkor"ning kelajagi qanday bo'ladi?

- Bu mavsum juda qiyin bo'ldi. Jamoa o'z o'rnini yanada yaxshilash va Pro ligaga tushib ketmasligi kerak. Oldimga qo'yilgan vazifa ham shunday. Oldindagi 3ta o'yinda maksimal ochko to'plashimiz zarur. "Bunyodkor" avvalgi o'rinlariga qaytishi kerak. Keyingi mavsum yana gaplashamiz. Rahbariyatning rejalari qanday? Asosiy jamoada qolamanmi yoki akademiyada, bilmadim. 

- Sizningcha bu yil kim chempion bo'ladi?

- Mavsum oxirigacha bu aniq bo'lmasa kerak. CHunki jamoalar darajasi tenglashgan. Bu o'zbek futbolchi uchun yaxshi. Avval bitta yoki ikkita jamoa chempionlik uchun kurashgan. CHempionlik yo'lida bir nechta jamoalar raqobatlashgani maqul. 

- O'zbekiston kubogi finalida qaysi jamoa g'alaba qozonadi?

-  To'g'risi menga "Nasaf"ning qanday o'ynashi yoqadi. To'p nazorati, tezkor hujumlar va hokazo. "Nasaf"ga kubokni yutishini tilab qolaman. Ammo "Navbahor" ham kuchli jamoa. Bunday uchrashuvlarda kichkina element ham ko'p narsani hal qiladi. Kubok finalida aniq bir favorit yo'q. 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика