So’nggi yangiliklar

15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  0 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  3 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  2 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  5 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  6 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  21 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  5 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  5 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3

Ivan Boshkovich: "Men har qanday raqibga qarshi g'alaba uchun o'ynaydigan murabbiyman" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Men har qanday raqibga qarshi g'alaba uchun o'ynaydigan murabbiyman"

Superliganing 15-tur bahslaridan o'rin olgan "Olimpik" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng "So'g'diyona" klubi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.


- O'yin haqida

- O'zingiz ko'rdingiz, o'yin juda qiziq bo'ldi. 6 ta gol urildi. Bugun stadionga tashrif bo'lgan muxlislar bizdan rozi bo'ldi deb o'ylayman. Ikki jamoa ham g'alaba uchun o'ynadi. To'g'ri, o'zimiz istagan natijani qo'lga kirita olmadik, lekin baribir o'yin qiziqarli bo'ldi. Nima bo'lganda ham juda emocional va ochiq o'yin guvohiga aylandik. Hozir ko'proq natija haqida o'ylayapman va biroz emociyadaman. Afsus, g'alaba qozona olmadik, lekin bu futbol.

- Jamoangiz bugun siz istagandek o'yin namoyish etdimi? Bugungi futbolchilaringiz harakatlaridan qoniqdingizmi?

- Ha, biz ko'p narsani to'g'ri bajardik. Gol o'tkazib yuborgan vaziyatlarimizda xatoga yo'l qo'ydik. Ikkinchi golda, diqqatsizligimiz sabab jazolandik. Ikkinchi bo'limda ochiq o'yin bo'ldi, lekin ikkinchi taymda ancha tartibli o'ynadik.

- Mitrovich jamoani muqarrar goldan qutqarib qoldi, agar o'sha vaziyatda gol bo'lganida o'yin qanday kechishi mumkin edi?

- Vaziyatlar ko'p bo'ldi, diqqatni bir joyga jamlay olmadik. Men har qanday raqibga qarshi g'alaba uchun o'ynaydigan murabbiyman. Mening falsafam shunday. Men "So'g'diyona"ga endi kelganimda, mening oldimga raqobatdosh jamoa qurish vazifasi qo'yilgan edi. Hozir esa, "So'g'diyona" ancha katta o'sishga erishdi. Hozir, jamoam to'pni nazorat qilish, raqib darvozasiga zarba berish va boshqa ko'plab jihatlar bo'yicha Superliganing top-3 jamoalari qatorida. Biz hujumkor futbol o'ynash tarafdorimiz. Biz ko'p tahlil qilamiz va shu sabab o'z o'yinimizni yaxshilashga intilamiz.

- Bugungi uchrashuvda hakamlar o'z qarorlari bilan o'yin suratiga tasir o'tkazgandek...

- Men har doim tezkor va dinamik futbol tarafdoriman. O'yin so'ngida tempni biroz sekinlashtirishimiz kerak edi, lekin buni qila olmadik. Hakamlarni nazorat qiladigan tashkilot bor va men ularni muhokama qilishni mantiqsiz deb o'ylayman. VAR tizimi bor, undan foydalanish kerak. VAR bor, lekin "So'g'diyona"ning vaziyatlarida hech kim VARdan hech kim foydalanmaydi.

- "So'g'diyona" jamoasi birinchi bo'limda besh daqiqa ichida ikkita gol o'tkazib yubordi. Futbolchilar xotirjamlikka berilgani bunga sabab bo'ldimi?

- Raqib standart vaziyatlarda tez o'ynadi, biz esa sekinlashib qolgan edik. Ikkinchi golda esa taktik xato bo'ldi. Ikkinchi golda biz o'z rejamizni buzdik va raqib xatomizda foydalanib ketdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика