So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

Ivan Boshkovich: "Ketma-ket muvaffaqiyatsiz o'yinlardan keyin bizda bosim yuqori edi" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Ketma-ket muvaffaqiyatsiz o'yinlardan keyin bizda bosim yuqori edi"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Paxtakor" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- Bugungi raqibimiz kim ekanini yaxshi taniysiz. O'yin oson o'tmadi, kurashlarga boy bo'ldi. Jamoaning har bir azosi jiddiy kurash olib bordi. Bugungi raqibimiz juda kuchli edi. Oson o'yin o'tkazmadik. Bundan tashqari bizda ketma-ket muvaffaqiyatsiz o'yinlardan keyin natija bosimi juda ortib ketgandi. "Sovuq bosh" bilan o'ylab, barchasini tahlil qilib chiqdik. Har bir vaziyat uchun jiddiy kurashdik. G'alaba nihoyat keldik, 3 ochko oldik, bu boshlanishi bo'ladi deb o'ylayman. Katta natijalarimiz hali oldinda. Bugungi g'alaba futbolchilarga qo'shimcha motivaciya va ishonch beradi.


- Endigini safga qaytgan Milan Mitrovich qaysi vaziyatda jarohat oldi?

- Mitrovich bugun o'zini juda yaxshi ko'rsatdi. O'yin epizodlaridan birida unda kichik muammo kuzatildi. Ayni damda uning holati haqida shifokorlar bilan suhbatlashamiz.



- Legionerlarning jismoniy holatidan qoniqish hosil qilyapsizmi? Sababi mavsum boshlanmasidan oldin jarohat va kasalliklar bo'lgandi. Bugun esa ular asosiy tarkibda tushishdi... 

- Har bir murabbiy o'z jamoasida yo'qotishlar bo'lishini istamaydi. Barcha birdek o'yinga shay bo'lgani yaxshi albatta. Bizda 25 nafar teng kuchli futbolchi yo'q. Yoshlar ham bor, kattalar ham. Ko'rayotgan bo'lsangiz, har bir uchrashuvda kamida 5 nafar yosh futbolchi bilan o'ynayapmiz. Masalan, bugun Jorjevich va Dorievlar jamoamizga katta samara keltirishdi.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика