So’nggi yangiliklar

09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  0 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  0 08:31"Балки биз чампион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  0 08:04Месси ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  6 07:36Суперлига. Бугун тур якунланади  2 03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  2 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  40 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  5 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  63 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0

Ivan Boshkovich: "Futbolda gol urmasdan g'alaba qozonib bo'lmaydi" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Futbolda gol urmasdan g'alaba qozonib bo'lmaydi"

O'zbekiston kubogi 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- O'yin jangovar bo'ldi. 90 daqiqa raqibga qarshilik ko'rsatib, ularning rejasini buzishga erishdik. Mening fikrimcha, ushbu vazifani yaxshi bajardik, chunki raqibimiz ham ancha kuchli edi. O'yin har bir tomonga og'ib ketishi mumkin edi, faqat golga qadar. Men raqibga qarab ish tutmayman, mag'lub bo'ldikmi, demak o'z vazifamizni yaxshi bajara olmadik. Futbolda gol urmasdan g'alaba qozonib bo'lmaydi. Albatta g'alaba qozonmaganimiz meni ranjitdi, lekin xursand qilayotgan bir jihat jamoa sekin astalik bilan o'smoqda. Birinchi navbatda o'yin sifatini va natijalarni yaxshilab borishga intilamiz.

- "So'g'diyona" bugungi uchrashuvda taktik jihatdan ancha yaxshi harakat qildi. Bugungi uchrashuvdagi rejangiz necha foiz ish berdi deb o'ylaysiz?

- Mening fikrimcha, o'yinga tuzilgan rejani yuz foiz amalga oshirish qiyin. Biz "Paxtakor"ni har xil tarzda hujum qilishini bilamiz, ular qanotlar orqali ham va mayda paslar orqali ham ko'p marotaba hujumga o'tishadi. Bugungi o'yindan ko'nglim to'ldi, lekin g'alaba qozona olmadik. Biz mag'lub bo'ldikmi, demak rejamiz amalga oshmagan.

- "Bunyodkor"da ishlagan vaqtingiz jamoa qisqa vaqt ichida sizning o'yin uslubingizga moslashib ketgan edi. "So'g'diyona"da ushbu jarayon qancha vaqt oladi deb o'ylaysiz?

- Birinchi navbatda, o'yin uslubi va taktikani to'g'ri tanlash kerak. Sababi "Bunyodkor"da futbolchilar boshqa edi, "So'g'diyona"da esa boshqa. Jamoalar har xil va ularga mos uslub topishim kerak. Ushbu vazifani mashg'ulot jarayonida bajarib boramiz. Biz katta tezlikda futbol o'ynashga intilishimiz kerak, masalan bugun "Paxtakor" kabi kuchli jamoalarga qarshi katta tezlikda 90 daqiqa o'ynashimiz kerak.

- Bugungi uchrashuvdagi "So'g'diyona"ning namoyish etgan sifatli o'yiniga sabab, "Paxtakor"ning tarkibi kuchsizlanib qolgani emasmi?

- Bugun "So'g'diyona" namoyish etgan o'yin men kutgan o'yindan ancha past bo'ldi. Biz o'z imkoniyatimizdan bir bosh past o'yin namoyish etdik. "Paxtakor"ga keladigan bo'lsak, bunday bosim ostida o'ynash qiyin. Raqibimiz kuchli, lekin biz ko'rsatgan qarshilik ham ancha yaxshi darajada. Mening fikrimcha, "Paxtakor" bugun asosiy tarkibda o'ynadi. Biz ham ancha kuchli tarkibda maydonga chiqdik. Siz "So'g'diyona"ni ham kuzatib turing, bizning tarkibda ham kuchli o'yinchilar bor va ularni yaqin orada tanib olasizlar. Men sizga shuni vada beramanki, yaqinda "So'g'diyona"da ham kuchli o'yin namoyish etadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика