Italiyalik futbolchi 12 yillik diskvalifikaciyadan so'ng maydonga qaytdi
15 fev 2022 09:15
Yangiliklar
Italiyalik futbolchi 12 yillik diskvalifikaciyadan so'ng maydonga qaytdi
46 yoshli futbolchi 12 yillik tanaffusdan keyin yana maydonga qaytdi va Italiya 5-divizioni jamoasi “Sinya 1914” safida “Prato 2000”ga qarshi (2:2) bahsda harakat qildi.
Forvard faoliyati davomida “Fiorentina”, “Bari”, “Vareze”, “Sampdoriya”, “Empoli” hamda “Breshiya” kabi klublar safida o'ynab, 135 ta gol urgan. SHuningdek, u Italiya yoshlar jamoasi safida ham maydonga tushgandi.
Flaki oldinroq ham boshqa intizomiy muammolarga duch kelgan. U totalizatorda qatnashgani tufayli jarimaga tortilgan. 2007 yil yanvarida organizmida kokain moddalari aniqlangani tufayli 16 oyga maydondan chetlatilgan. Keyinchalik bu muddat yana 2 yilga uzaytirildi. Maydonga qaytganidan 12 oy o'tgach esa Flaki yana kokain istemol qilgani uchun Italiya futbol federaciyasi tomonidan 12 yilga diskvalifikaciya qilingan edi. O'shanda u 34 yoshda bo'lgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar