Italiyadagi savdo markazida "Arsenal" futbolchisi pichoqlandi
		
		28 okt 2022 10:35
        Yangiliklar	
	
				
				Italiyadagi savdo markazida "Arsenal" futbolchisi pichoqlandi
Ayni damda "Monca"da ijarada o'ynayotgan "Arsenal" himoyachisi Pablo Mariga pichoq bilan hujum qilindi.
Dramatik voqea Milan yaqinidagi savdo markazida yuz berdi. Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, hujum oqibatida olti kishi jarohatlangan.
Pablo Mari darhol kasalxonaga olib ketilgan. Vertolyot parvozi vaqtida futbolchi hushida bo'lgan.
Policiya aybdorni allaqachon qo'lga oldi, u ruhiy kasalliklardan aziyat chekayotgan 46 yoshli italiyalik erkak bo'lib chiqdi.
"Men hozirgina Pablo Mari bilan bog'liq vaziyat haqida xabar topdim. Edu uning qarindoshlari bilan aloqada bo'lib turadi. Tafsilotlarni bilmayman, lekin uning hayoti xavf ostida emas", – dedi "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta.
29 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsum "Monca" safida A Seriyada 8 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar