Italiya SHimoliy Makedoniya darvozasi tomon 32 ta zarba berdi. G'alaba qozongan mehmonlar esa...
25 mar 2022 09:58
Yangiliklar
Italiya SHimoliy Makedoniya darvozasi tomon 32 ta zarba berdi. G'alaba qozongan mehmonlar esa...
Italiya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida SHimoliy Makedoniya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi (0:1).
O'yin davomida italiyaliklar raqib darvozasi 32 marotaba zarba berishdi. Ularning 5 tasi darvozaga aniq bordi. To'p bilan muomala qilishda esa 66 foizlik ustunlikka ega bo'lishdi. Burchakdan esa 16 marotaba to'p uzatildi.
G'alaba qozongan SHimoliy Makedoniya esa uchrashuv davomida 4 marotaba raqib darvozasi tomon zarba bera oldi. SHularning ikkitasi darvozaga aniq bordi. Ularning bittasi esa ikkinchi taymga qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada amalga oshirildi: Aleksandr Traykovskining bergan aniq zarbasidan so'ng terma jamoa gol urdi va Italiyani mag'lub etib, JCH-2022 saralashidagi yurishini davom ettiradigan bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar