Italiya Kubogida “Napoli”ni qoldirib ketgan “Atalanta”, endi Rimda “Roma”ni taslim qildi
06 jan 2018 23:58
Yangiliklar
Italiya Kubogida “Napoli”ni qoldirib ketgan “Atalanta”, endi Rimda “Roma”ni taslim qildi
Mehmonlarning birinchi bo'lim so'ngida bir kishi kam qolishi ham rimliklarni qutqarib qololmadi. SHu tariqa mazkur turni yirik g'alaba bilan yakunlagan poytaxtning boshqa bir jamoasi “Lacio” hamshahridan oldinga o'tib oldi.
Qayd etish kerak, o'tgan hafta “Atalanta” Neapolda “Napoli”ni engib, Italiya Kubogining yarim finaliga yo'llanma olgandi. Bugungi g'alaba Bergamo klubini turnir jadvalida 7-o'ringa olib chiqdi.
“Atalanta” mavsumning ilk turida “Roma”ni qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Evropa Ligasida “Everton”, “Lion” kabi klublarni ortda qoldirgan jamoa joriy mavsum “Yuventus” (2:2) hamda “Lacio” (3:3) bilan durang o'ynagan, “Milan”ni esa safarda 2:0 hisobida taslim qilgandi.
Roma Edin Dzeko - 56' |
Serie A . 20-tur 06/01/2018, 21:00 2
:
1
Tugadi
|
Atalanta Andreas Cornelius - 14', Marten de Roon - 19' |
Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 32863 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Guida
Fikrlar