So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  2 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

Italiya futbolida mojaro: B Seriya formatiga o'zgartirish kiritildi Yangiliklar

Italiya futbolida mojaro: B Seriya formatiga o'zgartirish kiritildi

Teglar :  Italiya V Seriyasi
Damyano Tommazi va Gabriele Gravina Italiya futbol federaciyasini B Seriyadagi jamoalar sonini qisqartirgani uchun tanqid qildi.

Gap shundaki, B Seriyada odatda 22 jamoa ishtirok etadi. Ammo Italiya futbol federaciyasi joriy yildan etiboran jamoalar sonini 19taga qisqartirishni maqul topgan. Bu esa keng jamoatchilik tomonidan keskin tanqidlarga uchramoqda va muhokamalarga sabab bo'lmoqda.

Bu formatda B Seriyada endilikda har turda 1 jamoa dam olishiga to'g'ri keladi. SHuningdek, pastki tabaqadan qo'shilishi kerak bo'lgan 3 jamoa o'rniga chempionat formatini o'zgartirib, ligani 19 jamoa bilan davom ettirish qaroridan Italiyadagi Futbolchilar Ittifoqi raisi Damyano Tommazi norozi.

- "Qayta-qayta takrorlayman, chempionatni 19 jamoa o'tkazish qaroriga mutlaqo qarshiman. To'g'ri, Italiya futbol federaciyasi qaror chiqarishdan avval biz bilan maslahatlashdi, fikrimizni so'radi. Ammo meni fikrim o'zgarmaydi. Men bunday formatga qarshiman. Formatni o'zgartirish - Italiya futbol federaciyasining bizning ustimizdan kulishini anglatadi", - deydi Tommazi.

Italiya Pro Ligasi prezidenti Gabriele Gravina ham format o'zgarishiga mutlaqo qarshilik qilganini takidladi.

- "B Seriyaga chiqqan jamoalarning Italiya futbol federaciyasiga bergan qaydnomalarini qabul qilmaslik bu kechirib bo'lmas xato. Umid qilamanki, Italiya futbol federaciyasining bu qarori bo'yicha nazorat organlari kerakli chora ko'rishadi", - dedi Gabriele Gravina.

Italiya B Seriyasining yangi mavsumiga 11 kun qolganida  qura (bugun) tashlash marosimi o'tkazildi. Ammo haligacha bahs va munozaralar davom etmoqda.

Reyting: -13   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика