Ispaniyalik murabbiy APL klubi taklifini rad qildi
10 fev 2023 11:32
Yangiliklar
Ispaniyalik murabbiy APL klubi taklifini rad qildi
"Lids" bir necha kundan beri yangi murabbiy izlamoqda.
Avvalroq "Lids" Jessi Marshni bosh murabbiylikdan bo'shatgandi. OAV malumotlariga ko'ra, amerikalik mutaxassis o'rniga Andoni Iraola asosiy nomzod bo'lgan. Ispaniyalik murabbiy hatto "Lids"dan rasmiy taklif olgan. Biroq "Onda Cero" xabariga ko'ra, taklif rad etilgan. Iraolaning maqsadi – "Rayo Valekano"da ishlashni davom ettirish.
40 yoshli ispaniyalik juda yaxshi yo'nalishda ketayotgan loyihadan voz kechmoqchi emas. Ayni damda Madrid yaqinidagi jamoa Ispaniya chempionatida 5-o'rinni egallab turibdi.
Hozirda "Lids"ni vaqtinchalik Maykl Skubala boshqarmoqda. "Tovuslar" ayni damda APL turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar