So’nggi yangiliklar

08:03Ўзбекистон Хорвария баҳсининг бошланиш вақти маълум  4 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  22 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  172 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  56 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  12 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1

Ispan maktabi. La Ligada porlashi kutilayotgan iqtidorlar Yangiliklar

Ispan maktabi. La Ligada porlashi kutilayotgan iqtidorlar

Teglar :  La Liga
Ulardan ko'pchiligini siz hali yaxshi tanimaysiz.

Ispaniya La Ligasi – bu shunday chempionatki, 23 yoshga to'lib ulgurmagan ancha muncha futbolchi bu erda yulduz bo'lib ulguradi. Ularning shartnomasidagi tovon puli esa umuman kishini lol qoldiradi. Ammo istalgan chempionatda bo'lganidek, unchalik katta bo'lmagan summaga istiqbolli yosh futbolchini topa olasiz. Bunday masala ayniqsa yozgi transfer oynasida muhim hisoblanadi. Aytib ulgurganimizdek, bugungi qaxramonlarimizning ko'pchiligini siz tanimaysiz ham, ammo yaqin kelajakda ularning ko'pchiligi jahon darajasidagi futbolchiga aylanishi mumkin. 


Arnau Tenas (darvozabon, 22 yosh, "Barselona", erkin agent)

SHu yoz Ispaniya yoshlar terma jamoasi kiperi, eslatib o'tamiz, aynan shu terma oxirgi Evro U-21 finalchisi bo'lgan, erkin agentga aylandi. Bunga qadar u "Barselona"ning zaxira darvozabonlaridan biri hisoblanardi. O'tgan mavsum yoshlar jamoasi safida 26 tadan 15 ta uchrashuvda gol o'tkazib yubormadi. Kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisiga mos ravishda u oyoqlari bilan juda yaxshi harakat qila oladi. SHu sababli u ko'pgina jamoalarda asosiy posbonga aylana olishi hech gap emas.


Xuan Miranda (himoyachi, 23 yosh, "Betis", 7 mln evro)

2021 yilning iyun oyida Miranda "Barselona"dan "Betis"ga o'tadi va stabillik erishadi. U Seviliya jamoasining qanot himoyasiga mustahkam o'rnashadi va Evro U-21da ham jamoa sharafini himoya qiladi. Mehnatkash, texnik jihatdan kuchli futbolchi, ham hujumda, ham himoyalanishda foydali harakat qiladi.

Yon Pacheko (himoyachi, 22 yosh, "Real Sosedad", 6 mln evro)

Bizning davrimizda to'p bilan bemalol muomala qila oladigan markaziy himoyachilarning qadri juda baland. Pachekoni eski maktab vakillari qatoriga qo'shsa bo'ladi. U jismonan baquvvat, yakkakurashlarda faol o'ynaydigan, istalgan raqibni "do'stona" kutib ola biladigan sportchilardan. "Reala Sosedad" akademiyasi futbol olamiga navbatdagi iqtidorni etishtirib berdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Darvoqe, u ham Evro U-21da o'z salohiyatini ko'rsata olganlardan sanaladi.


Arnau Martines (himoyachi, 20 yosh, "Jirona", 15 mln evro)

Martines ham markaziy himoyachi rolida, ham o'ng qanot himoyachisi rolida birdek ishonchli o'ynay oladi. O'tgan mavsum "Jirona" safida u fantastik yilni boshdan o'tkazdi. Martines nafaqat raqiblar aldab o'tishi qiyin bo'lgan himoyachi, balki yaxshi texnika va driblingga ega futbolchilardan. Arnau o'yinni orqa chiziqdan qurishni istagan murabbiy uchun zo'r kadr.


Ivan Fresneda (himoyachi, 18 yosh, "Valyadolid", 15 mln evro)


La Ligadagi debyut mavsumini o'tkazgan himoyachi o'zini yo'qotib qo'ymadi va maydonda "jamoa mexanizmining" begona elementi bo'lib qolmadi. Jismonan baquvvat himoyachi nafaqat raqiblarni to'xtatishda, balki jamoasi hujumga o'tganida ham faol ishtirok eta oladi. SHu sababli uni ko'proq qanotda uchratasiz. "Barselona", "Arsenal" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqish bildirganining o'zi Ivanga berilgan yaxshi baho desa bo'laveradi.


Aymar Oros (yarim himoyachi, 21 yosh, "Osasuna", 15 mln evro)

"Osasuna"ning yosh yarim himoyachisi o'tgan mavsumda juda yaxshi o'yin ko'rsatdi va jamoasiga ettinchi o'rinni egallashda yordam berdi. Orosning asosiy roli to'pni olib qo'yishdan iborat, bundan tashqari u hujumlarni boshlashda ham o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi. So'zimiz isboti sifatida uning 3 ta goli va 6 ta assistini keltirishimiz mumkin.


Rodri (yarim himoyachi, 23 yosh, "Betis", 8 mln evro)

"Betis" yosh iqtidorlarni katta futbolga etishtirib bera olishi bilan nom chiqarib ulgurgan. SHunchaki Fabian Ruis va Dani Sebalosni eslash kifoya. Sanches – shunday futbolchilardan yana biri. U energiyaga boy, hujumlarni tashkillashtirishda faol harakat qiladigan, yaxshi texnika . U maydon markazida o'yinni qiyinlashtirmaslikka harakat qiladi va buning uchun o'ta faol, dinamik o'yin ko'rsatadi.


Samuel Koshta (yarim himoyachi, 22 yosh, "Almeriya", 5 mln evro)

Bu ro'yxatda faqatgina ikki futbolchi ispan emas. Portugaliyalik Koshta – ulardan biri. Ortda qolgan mavsumda u "Almeriya" safida porladi. Bu mehnatkash hujumkor yarim himoyachi, yarim himoya markaziga joylashib, himoyaga ham faol yordam berishi mumkin, o'yinni qurishda va hujum yo'nalishini tanlashda o'zini erkin his qiladi.


Aleks Baena (hujumchi, 21 yosh, "Vilyarreal", 20 mln evro)

Bu yulduz bo'lishga juda yaqin personaj. Barchasiga qaramay, biz futbolchini istiqbolli bo'lajak yulduzlar qatoriga qo'shamiz. O'tgan mavsum Aleks uchun omadli bo'ldi. La Ligada u 35 o'yinda 6 ta gol urdi va o'zining universalligini namoyish qildi. U hujumning oldingi chizig'ida ham, qanotlarida ham birdek foydali harakat qila oladi. Tezkor, aqlli va vaziyatga tez baho bera oladigan vinger sheriklariga qulay vaziyatlar yaratish uchun qiyin vazifalarni o'ziga olishdan cho'chimaydi. Uning iqtidorli harakatlari etiborni tortmay qolmaydi. Bunday futbolchilar istalgan jamoa hujumiga kerativlik qo'sha oladi. Muxlislarga ham odatda bu tipdagi futbolchilar maqul keladi.


Gonsalo Plata (hujumchi, 22 yosh, "Valyadolid", 5 mln evro)

Ro'yxatdagi ikkinchi ispan bo'lmagan futbolchi. Plata Ispaniyaga Ekvadordan kelgan. Vinger yuqori tempda harakat qilishi va o'ta salohiyatliligi bilan ajralib turadi. Gonsalo o'zining nosatandart harakatlari va kutilmaganda kerakli joyda paydo bo'lishi bilan istalgan himoyani shoshirib qo'yadi. Malumotlarga qaraganda, Platani Evropaning qator top klublari kuzatishni boshlab yuborgan. Agarda o'ziga mos jamoaga o'tsa, yaqin kelajakda futbol olamida yana bir top futbolchi paydo bo'lishiga guvoh bo'lamiz.


Serxio Kamelo (hujumchi, 22 yosh, "Atletiko", 10 mln evro)

"Matraschilar" o'tgan mavsum Kameloni "Rayo Valekano"ga ijaraga berishgandi. Yosh forvard u erda yaxshigina o'yin amaliyotiga ega bo'lgan. Barcha musobaqalarni hisoblaganda Serxio ettita gol urishga muvaffaq bo'ldi. To'g'ri, 22 yoshda yulduz hujumchilar statistikasi yaxshiroq bo'ladi dersiz, ammo hamma ham Mbappe yoki Xoland bo'lavermaydiku. Normal sharoitda ko'pchilik futbolchilar biroz kechroq yulduzga aylanishadi. Kamelo esa aynan shu darajaga etay deb turibdi. Mehnatdan qochmaydigan hujumchi raqib himoyasiga kuchli bosim o'tkaza oladi va hujum vaqtida himoyachi, darvoza va darvozabon, bir so'z bilan aytganda vaziyatni yaxshi his etadi. Bu esa hujumchi uchun eng kerakli faktorlardan biri.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика