So’nggi yangiliklar

00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  0 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  2 23:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 0:0 (матнли трансляция)  32 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  10 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  14 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  6

Islombek Ismoilov: "Bundan keyin bo'shashmasak, ko'zlagan maqsadga erishamiz" Yangiliklar

Islombek Ismoilov: "Bundan keyin bo'shashmasak, ko'zlagan maqsadga erishamiz"

PRO-Liga 4-turidan o'rin olgan “Turon" - "Istiqlol" (2:1) uchrashuvidan so'ng klubimiz bosh murabbiyi Islombek Ismoilov matbuot anjumanida ishtirok etdi.





"Bugungi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam kutilganidek shiddatli o'ziga xos murosasiz ruhda kechdi. O'yindan kelib chiqib o'zgarishlar qildik. Yigitlarga oxirigacha kurashishgani uchun rahmat ! Birinchi o'rin futbolchilarga, jamoamizga ruhiy dalda beradi deb o'ylayman. Bu shu vaqtgacha qilgan mehnatlarimizning samarasi hisoblanadi. Bundan keyin ham bo'shashmasdan ishlasak, mavsum oxirida ko'zlagan maqsadimizga etamiz.

Futbol shunaqa narsaki, mashg'ulotda boshqa bir vaziyat ustida ishlaysiz, o'yinda esa boshqa vaziyat bo'ladi. Goldan keyin hotirjamlikka berilish ruhiy holat bilan bog'liq. Nafaqat o'yin davomida balki, mashg'ulotlarda ham futbolchilarga tushuncha beramiz. Har doim diqqat etiborni yo'qotmaslik kerak, 90 minut kurashish lozim. Biz futbolchilarga o'rgatayotgan uslub va taktika hujumkor futbolga asoslangan.

Yangi kelgan futbolchilar o'yindan o'yinga moslashib borishadi. Ular kelganiga 2 oy bo'ldi. Jamoadagi aksariyat futbolchilar 8-9 oydan beri birga o'ynaydi. Futbolchilarni bir jamoaga moslashib ketishiga malum vaqt kerak bo'ladi. Otabek Haydarov va SHukurali Po'latov ulkan tajribaga ega futbolchilar hisoblanadi. SHunga qaramay ular bugun ishonchli o'yin ko'rsatdi. Masalan, jamoamizning birinchi goli aynan Otabek Haydarovning uzatmasidan so'ng kiritildi.

G'alabadan so'ng ham tanqidiy savol berilayapti? Qachon shunday bo'ldi? Matbuot anjumanida o'yin tahlili bo'ladi. Jurnalistlar tomonidan berilayotgan savollarni tanqidiy ruhda bo'ldi deb hisoblamayman. Aslida tanqid bo'lgani yaxshi, balki o'yinni boshqa rakursdan ko'rgan jurnalistlar kamchiliklarimizni aytishsa, biz navbatdagi o'yinlarda bu kabi xolatlarni ko'rib chiqamiz",- deydi Islombek Ismoilov.
 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика