So’nggi yangiliklar

11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи мартта Андижонда 6 та гол урди   0 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   5 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  1 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  11 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  8 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5

Islom To'xtaxo'jaev: “Borussiya”ga qarshi o'yinda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq tufayli yutdik” Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev: “Borussiya”ga qarshi o'yinda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq tufayli yutdik”

Ayni paytda Avstriyada yig'in o'tkazayotgan “Lokomotiv” klubi himoyachisi Islom To'xtaxo'jaevdan qisqa intervyu oldik.
- Avstriya yig'ini davomida asosan nimalarga etibor qaratilyapti?
- Avstriya yig'ini davomida har ikki kunda o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish rejalashtirilgan. SHuning uchun bo'lsa kerak, yig'in orqali murabbiyimiz jismoniy tayyorgarligimizni yaxshilashga katta etibor qaratyapmiz. Mashg'ulotlar qiziqarli o'tyapti. Tarkibga yangi kelganlar ham jamoa mashg'ulotlarida astoydil harakat qilishmoqda.

- Yig'in davomida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdinglar. SHu haqida fikrlariz qanday?
- Ha to'g'ri. Biz hozircha ikki jamoaga qarshi maydonga tushdik. SHulardan dastlabkisi CHexiyaning ''Byurn'' jamoasi bo'ldi. ''Byurn''ga qarshi bahsda jamoamiz yaxshi harakatlandi deb o'ylayman. Lekin o'yin durang natija bilan yakunlandi.

Ikkinchi bellashuvda "Borussiya" Dortmund yoshlariga qarshi maydonga tushdik. Bu o'yinda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq tufayli g'alaba qozondik deb o'ylayman. SHuni aytib o'tardimki, bu bahslarda yutuq hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Ushbu o'yinlar orqali murabbiy yangi o'yinchilarni ko'zdan kechirib olishga harakat qiladi.

Komiljon Ikromov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика