So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  7 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Islom Mamatkazin: Bunday fanatlar qarshisida to'p surish faqat zavq keltiradi Yangiliklar

Islom Mamatkazin: Bunday fanatlar qarshisida to'p surish faqat zavq keltiradi

Andijon chempionatning 4-turida o'z maydonida Nasaf bilan uchrashuvda 1:1 hisobida durang o'ynaganidan xabaringiz bor. Andijon tarkibida iqtidorli himoyachi Islom Mamatkazin Nasaf darvozasini ishg'ol qilib muxlislarning olqishiga sazovor bo'ldi.

 U ortda qolgan bellashuv borasida gapirdi.

Dastlab «Nasaf»ga qarshi o'yin haqida so'ramoqchiman. Qanday taassurot qoldi?

«Nasaf» bilan uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Maydonga faqat g'alaba uchun tushgandik. Ammo durang natija bo'ldi.

Raqib darvozasini ishg'ol qilgan paytingizda boshqacha xissiyotlar olamiga tushib qolganingizni ko'rdim. O'sha holatni qanday tasvirlaysiz?

To'g'ri, boshqacha hissiyot bo'ldi. Do'stlarimni o'yinga taklif qilgandim. Ular gol ursang biz tomonga qarab yugurgin deyishgandi. Qandaydir noodatiy hissiyotlar qamrab oldi. Do'stlarim tomonga qarab yugurdim va ularga qarab golni nishonladim.

Rosti, bu o'yinda gol urish haqida o'ylaganmidingiz?

Ha, albatta.

4 ta uchrashuvda himoyachi bo'lsangizda 2 ta gol urishni uddaladingiz. Bu nimadan dalolat?

Standart vaziyatlarda barchamiz o'z o'rnimizda to'g'ri ishni bajarayotganimizdan dalolat. Ko'proq standartlarga etibor qarayotganimiz bois bundan unumli foydalanishga harakat qilyapmiz.

«Bobur Arena»dagi muhit haqida hamma gapiryapti. Siz qanday tarif berasiz?

«Bobur Arena»dagi muhitga nima desa bo'ladi? O'yindan-o'yinga tasvirlab bo'lmaydigan darajada bo'lyapti. Bunday fanatlar qarshisida to'p surish faqat zavq keltiradi.

Keyingi turda «Lokomotiv»ga qarshi o'yin bor. Raqib haqida nima deya olasiz va nima kutyapsiz?

«Lokomotiv» ham kuchli raqib. Ular ham jangovar futbol o'ynaydilar. Qiziqarli uchrashuv bo'ladi, deb o'ylayman. Muxlislarimizni xursand qilish uchun kurashamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика