Islom Ismoilov:Ikkinchi taymda bir qator o'zgarishlarga qo'l urib, kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qildik
04 apr 08:02
Yangiliklar
Islom Ismoilov:Ikkinchi taymda bir qator o'zgarishlarga qo'l urib, kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qildik
Dastlabki uchrashuv bo'lgani bois, yigitlarda hayajon sezildi. Bu yoshdagi futbolchilarda, yuqori darajadagi turnirda birinchi bor ishtirok etayotganliklari bois, shunday holat kuzatilishi tabiiy. Birinchi bo'limni yaxshi boshladik. O'yin avvalida tezkor gol kiritishga muvaffaq bo'ldik. Shundan so'ng futbolchilarimiz hotirjamlikka berilishdi, bu o'yinga tasir qildi.
Himoyadan hujumga o'tishda muammolar yuzaga keldi. Natijada raqibimiz gol urib ketdi. Ikkinchi taymda bir qator o'zgarishlarga qo'l urib, kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qildik va g'alabani mustahkamladik. Natijadan xursandman, biroq o'yin sifatidan qoniqmadim. Sababi biz bundanda yaxshiroq o'yin ko'rsata olamiz. Bugungi uchrashuvni tahlil qilib, kelgusi o'yinlarda sifatli futbol ko'rsatishga harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar