Islom Ismoilov: "Xitoy yutishimiz kerak bo'lgan jamoalardan biri edi"
06 apr 23:21
Yangiliklar
Islom Ismoilov: "Xitoy yutishimiz kerak bo'lgan jamoalardan biri edi"
"Tabrik uchun rahmat. Ammo, hali rasman chiqmadik. Saudiya Arabistoni va Tailand o'rtasidagi o'yinni kutib turamiz. Katta ehtimol bilan chiqdik deb o'ylaymiz.
Xitoy yutishimiz kerak bo'lgan jamoalardan biri edi.
Futbolchilarga ortiqcha bosim bermaslik uchun uch kun davomida ular bilan suhbatlar olib bordik. Baribir JCHga yo'llanma olish vazifasi turgani uchun emociyalar bo'ladi.
Muxlislar va rahbariyatning ishonchini oqlaganimizdan xursandmiz.
Birinchi bo'limda qarshi hujum sabab to'p o'tkazib yubordik. Tanaffusda yigitlarga o'yinimiz yaxshi o'tayotgani aytdik, faqatgina ruhiyatni ko'tarishga harakat qildik. 60-daqiqalardan so'ng Xitoyning o'tish fazalarida muammolar bo'lishini o'rganib chiqqandik. Kutganimizdek, Xitoy shu daqiqalardan so'ng toliqishni boshladi va biz o'z imkoniyatimizdan foydalandik.
Keyingi o'yinda ham g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Biz kuch tejamoqchi emasmiz", — dedi Islom Ismoilov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar