Islom Ismoilov ishtirokidagi matbuot anjumani o'tkazildi
17 okt 16:40
Yangiliklar


Islom Ismoilov ishtirokidagi matbuot anjumani o'tkazildi
Musobaqaga tayyorgarlik jarayoni Osiyo Kubogidan so'ng qisqa vaqt bor edi, barcha imkoniyatlarni ishga solib tayyorlandik. Kayfiyat yaxshi, jamoa tayyor.
Vaziyatga real qarash kerak. Aniq chempionlik vazifasi belgilangani yo'q. Lekin avvalgi natijalarni yaxshilashimiz kerak bo'ladi.
Men uchun murabbiylar shtabimdagilar eng zo'rlari. Masalan, Saudiya Arabistonida 34 nafar murabbiy ishlar ekan. Natijasi qanday? Murabbiyning ishiga natija baho beradi. Natija yomon bo'lsa, murabbiylar shtabi yaxshi ishlamagan bo'ladi. Yaxshi ketayotgan narsani o'zgartirgim kelmadi. O'FA tomonidan bu borada hech qanday taqiq bo'lmadi. Murabbiy olishimiz ham mumkin edi. Lekin men uchun hozir ishlayotganlar eng zo'ri.
Sadriddin Hasanov OFK tomonidan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida tanlanmagani yaxshi bo'ldi. Sababi Jahon chempionatidan oldin bunday etirof uning keyingi faoliyatiga aks tasir ko'rsatishi mumkin edi. Men uchun har bir futbolchim – eng yaxshisi.
Jahon chempionatida oson raqib bo'lmaydi. Paragvay o'z qitasida Argentina va Chilini mag'lub etgan. Panama jismoniy jihatdan kuchli jamoa. Irlandiya evropacha futbol namoyish etadi. Bizda har bir raqibga qarshi o'ylab qo'ygan rejalarimiz bor.
Har bir o'yinda futbolchilar oldiga yutish vazifasini qo'yamiz. Ko'pchilik aytishi mumkin, o'rtoqlik uchrashuvida natija shart emas, deb. Bu erda vatan shani turadi. Qaysi sxemani, taktikani sinovdan o'tkazishimizdan qatiy nazar g'alaba birinchi o'rinda turadi.
Bilim tomonlama doim o'rganishga majburmiz. Futbol bir joyda turmaydi. Taktik tomonlama ideal murabbiy emasman. Xorijliklardan ham, o'zimiznikilardan ham o'rganamiz. Jahon chempioni bo'lishga potencialimiz etadimi yoki yo'q, buni bilmadim. Lekin bir kun kelib orzuimga erishaman.
Jahon chempionatiga sarimsoqpiyoz emas, boshqa xiyla o'ylab qo'yganmiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar