So’nggi yangiliklar

13:10Ёзда эркин агентга айланадиган АПЛ футболчилари  0 12:42"Цементчи" "Арал" билан ўйин учун Нукусга бормайди. Жамоага техник мағлубият ёзилди  2 12:13"Милан" ярим ҳимоячиси "Реал"ни эмас, "Манчестер Сити"ни танлади  1 11:45"Артета эффекти": Райс "Арсенал"да олдинги фаолиятидагидан кўра кўпроқ гол урди  1 11:12Бразилиялик афсона ёнғин оқибатида касалхонага тушиб қолди  5 10:36ЦСКА устози кечаги учрашувдан сўнг Файзуллаев ҳақида фикр билдирди  9 10:05"Ливерпуль", "Бавария" собиқ футболчиси 42 ёшда футболчилик фаолиятини якунланади  3 09:34Ўзбекистон кубоги. Бугун 3-тур баҳслари давом эттирилади  1 09:03Модричнинг "Реал"даги келажаги маълум  9 08:31Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди  6 08:00Ўзбекистон Кубоги. 3-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  7 07:32ОКМК - "Нефтчи" ўртасидаги супер баҳсдан ёрқин ФОТОГАЛEРEЯ  2 05:24Юрген Клопп мураббийликка қайтмоқда, у Шомуродовга устоз бўлиши мумкин  18 02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  4 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  8

Ishonish qiyin, ammo ular bir jamoada to'p tepishgan... Yangiliklar

Ishonish qiyin, ammo ular bir jamoada to'p tepishgan...

Qachondir bir klubda to'p tepgan mashhur futbolchilar haqida so'z yuritamiz.

Yan Oblak va Ederson

Ayni paytda dunyoning top-darvozabonlaridan bo'lgan bu ikki futbolchi 2012/13 yilgi mavsumda Portugaliyaning o'rtamiyona jamoasi "Riu-Ave" klubida birga faoliyat olib borgan. Sloveniyalik darvozabon o'sha mavsumda asosiy kiper sifatida tanlandi va 31 o'yin o'tkazdi. Bir mavsumdan keyin u "Benfika"ga qaytdi va Ederson uning o'rnini egalladi. Bir necha yillardan keyin ular eng top-darajada o'yin ko'rsatib, kuchli jamoalar tarkibiga qo'shilishdi.

Devid Bekxem va Devid Moyes

1994/95 yilda "Preston" klubi yosh yulduz Devid Bekxemni ijara asosida tarkibga qo'shib oldi va bu klubda yuqori formadagi Devid Moyes ham faoliyat olib borardi. Bekxem jamoada atigi 5 ta o'yinda maydonga tushgan va 1 ta golni o'z hisobiga yozib qo'ygan. Bekxem intervyularidan birida bir yillik ijara muddati davomida Moyesdan ko'p narsa o'rganganini va buni hech qachon unutmasligini aytib o'tgan edi.

Rivaldo va Kazemiro

2011 yilda Rivaldo faoliyatidagi katta sayohatdan so'ng "San-Paulu" klubiga qaytdi. Afsona haqiqatan ham katta hurmat va etibor bilan kutib olindi hamda unga butunlay erkinlik taqdim etildi. 30 o'yinda 5 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.  Ayni shu paytda professional faoliyatidagi ikkinchi mavsumini o'tkazayotgan Kazemiro ham jamoaning asosiy o'yinchilaridan edi. Bir yildan so'ng u "qirollik klubi" etiboriga tushdi va klub bilan xayrlashdi.

Edgar Davids va Uilfrid Zaxa

Davids 2010 yilda "Kristal Pelas" bilan qisqa muddatli shartnoma imzoladi. Yarim himoyachi "Pelas" uchun atigi 6 o'yinda ishtirok etdi. Uilfrid ham shu mavsumda o'zining katta faoliyatidagi ilk qadamini qo'ygandi. Birinchi mavsumidayoq u barcha turnirlarda 44 o'yin o'tkazdi. Davids esa o'sha mavsumdan keyin klub bilan shartnomasini bekor qilgan.

Maurisio Pochettino va Ronaldino

"Espanol"dagi yorqin o'yinlaridan keyin PSJ argentinalik futbolchini jamoaga olib keladi. Pochettino poytaxt jamoasida ikki mavsum (2001/2003 yillar oralig'i) o'tkazib, 95 o'yinda maydonga tushdi. Braziliyalik afsungar ham ayni shu mavsumlar davomida Parij klubi safida harakat qilgan. Pochettino va Ronaldino birgalikda yaxshi natijalar qayd etgan. Keyinroq "Barselona" yuqori darajada o'yin namoyish qilgan Ronaldinoni tarkibga jalb qilgan.

Patrik Klyuyvert, Eden Azar va Per-Emerik Obameyang

Afsonaviy Patrik Klyuyvert 2007/08 yilgi mavsumda "Lill" klubida Eden Azar bilan jamoadosh bo'lgan. 31 yoshli niderlandiyalik futbolchi Liga 1 da 9 o'yin o'tkazdi. SHu mavsum Klyuvert uchun so'nggisi edi. Azar esa klubda yana 4 yil to'p tepdi. 2009/10 yilgi mavsumda jamoaga "Milan"dan ijara asosida Per-Emerik Obemeyang ham qo'shildi. Gabonlik futbolchi klubda 24 o'yin o'tkazdi.

Maradona va Diego Simeone

"Sevilya" klubi 1992/93 yilgi mavsumda Maradonani klubga taklif qilgan. Buni qarangki, afsonaning futbolchilik faoliyatidagi so'nggi mavsumlari Simeonening ilk mavsumlariga to'g'ri keladi. "Atletiko" ustozi interyulardan birida kiyinish xonasida afsonani ko'rib, hayajondan o'zini yo'qotib qo'yganini aytib bergan. 

SHuhrat Homidov tayyorladi

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика