Iroq terma jamoasi ispaniyalik murabbiyini ishdan bo'shatdi
15 apr 12:35
Yangiliklar
Iroq terma jamoasi ispaniyalik murabbiyini ishdan bo'shatdi
Iroq futbol associaciyasi ispaniyalik murabbiy Xesus Kasas Garsiya va uning yordamchilari bilan shartnoma ular shartnoma majburiyatlarini jiddiy buzgani sababli bekor qilinganini elon qildi.
"Bu qaror FIFAning "Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha reglament"ning 14-moddasiga muvofiq qabul qilindi. FIFA bu haqda rasmiy ravishda xabardor qilingan bo'lib, bu Associaciyaga vakolatli organlar oldida o'z huquqiy manfaatlarini himoya qilish imkonini beradi", – deyiladi rasmiy bayonotda.
Xesus Kasas 2022 yil 5 noyabrdan buyon Iroq terma jamoasini boshqarib kelayotgandi. Jamoa 2023 yil uning qo'l ostida Fors Ko'rfazi Kubogida zafar quchgan edi.
Malumot o'rnida, Iroq terma jamoasi JCH-2026 3-saralash bosqichi "B" guruhida kurash olib bormoqda va ayni paytda 12 ochko bilan 3-pog'onani egallab turibdi. Terma jamoani oldinda Koreya Respublikasi va Iordaniyaga qarshi o'yinlar kutmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar