Iordaniya U-16 Osiyo chempionatiga chiqdi, O'zbekistonni faqat g'alaba qoniqtiradi
24 sen 2017 21:24
Yangiliklar
Iordaniya U-16 Osiyo chempionatiga chiqdi, O'zbekistonni faqat g'alaba qoniqtiradi
O'zbekiston o'smirlari bilan bir guruhdan o'rin olgan Iordaniya va Bahrayn o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi. Unda Iordaniya g'alabaga erishib Osiyo chempionatiga yo'llanmaga ega chiqdi. Jamoa ikkinchi o'ringa tushsa ham baribir qita chempionatiga boradi.
O'zbekiston so'nggi turni bugun Saudiya Arabistoniga qarshi o'tkazadi. Dilshod Nuraliev shogirdlarini istalgan hisobdagi g'alaba Osiyo chempionatiga olib chiqadi. Yani jamoamiz g'alabaga erishsa eng yaxshi ikkinchi o'rinni olganlardan biri bo'ladi. Agar o'smirlarimiz 3:0 va undan yirik hisobda zafar quchishsa guruhda birinchi o'rinni olishadi.
24 sentyabr, yakshanba
Bahrayn – Iordaniya 2:3
O'ZBEKISTON – Saudiya Arabistoni (Toshkent vaqti bilan soat 22:15)
Turnir jadvali
# | Jamoa | O' | G' | D | M | TN | O |
1. | Iordaniya | 4 | 3 | 1 | 0 | 12-3 | 10 |
2. | O'zbekiston | 3 | 2 | 1 | 0 | 7-0 | 7 |
3. | Saudiya Arabistoni | 3 | 2 | 0 | 1 | 14-2 | 6 |
4. | Bahrayn | 4 | 1 | 0 | 3 | 8-7 | 3 |
5. | SHri-Lanka | 4 | 0 | 0 | 4 | 0-29 | 0 |
Fikrlar