So’nggi yangiliklar

22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  93 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  7 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1 17:59Аморим 16 ёшли вундеркиндни "Арсенал"га қарши ўйин учун қайдномага киритди  15 17:30"Реал Сосьедад" матбуот котиби Файзуллаевга бўлган қизиқиш ҳақидаги хабарларга муносабат билдирди  6 17:01Суперлиганинг сўнгги тур ўйинларида ҳакамлар нечта хатога йўл қўйишди? Россиялик экспертимиздан ҳакамлик фаолияти таҳлили  2 16:35"Барселона"нинг юлдуз тарбияланувчиси "Арсенал" ва "Реал" шорт-листига кирди  2

Intervyu."Andijon" himoyachisi Ilhom Alijonov: "Aziz G'anievdan bir umr minnatdorman" Yangiliklar

Intervyu."Andijon" himoyachisi Ilhom Alijonov: "Aziz G'anievdan bir umr minnatdorman"

"Andijon"ning Turkiyadagi yig'ini reja asosida davom etyapti.

SHaroitga moslashib, mashg'ulotlar, o'rtoqlik uchrashuvlari yo'lga qo'yib olingach "Andijon" futbolchisi, Ilhom Alijonov bilan suhbatlashish istagi tug'ildi. "Mashal" va "Nasaf"dagi tizm, Ro'ziqul Berdievning yo'qdan bor qilish hususiyati, olimpiyadaga chiqa olmaganimiz kabi mavzularni o'z ichiga oldi. Quyida suhbatning to'liq qismini etiboringizga havola qilamiz. 


FUTBOLDAGI ILK QADAMLAR

— Oddiy namanganlik qishloqning bolasiman. Yonimizdagi stadionda to'p tepib katta bo'lganman. Haligacha men uchun qadrdon va unutilmas lahzalarni bergan maydon hisoblanadi. Qaytmaydigan yoqimli xotiralar qolgan. Men uchun aziz bo'lgan Davron akamni futbolga borishimga hissasi katta bo'lgan, deya olaman. Katta futbolchilarning barchasida qiyinchilikka chidash hissi shakllangan. CHunki shu bosqichgacha qiyin yo'lni bosib o'tadi. Negaki, futbolni ichida necha yildan beri yuribmiz, chiday olmagani butsasini mixga iladi. Jarohatlarni engib o'tamiz. Yoshlikda barchasi bo'lgan. "Paxtakor"da yurgan kezlarimizda qornimiz och qolib ketardi, sharoit haminqadar. Hattoki mashg'ulotdan qaytishimizda avtobusga pulimiz qolmay, piyoda ketardik. 4ta bola qaytsak, 3 ming so'm bo'lmasdi. Mashg'ulot 10da boshlansa, 9da yo'lda chiqardik. 

NAMANGANDAN QASHQADARYOGA

— To'raqo'rg'onda yashayman. Yoz oylarida ikkinchi liga o'yinlariga bir nechta bola qaydnomadan o'tganmiz. SHu o'yinlarni birida murabbiy Anvar aka Hafizov ko'rib olib ketdi. Qashqadaryodagi birinchi murabbiyim shu inson. Ularga, klub rahbarlariga maqul keldim. "Mashal"ga borgan paytimda Otabek SHukurov, Bobir Davlatov, Xolmurod Xolmurodov, Eldor SHomurodovlar o'rinbosarlar safida o'ynardi. Aynan Qashqadaryoga kelib futbolda o'z ustida ishlash, qo'shimcha mashqlarni qilish kerakligini tushundim. Mashg'ulotning o'zim kamlik qilar ekan. To'raqo'rg'onda mashg'ulot tugashi bilan hamma ichkariga kirib ketardi. U erda mashg'ulotdan keyin ham qolib ishlardik. "Mashal" akademiyasi ayni cho'qqiga chiqqan paytlar. Keyin klubda moddiy tomonlama inqiroz boshlangach "Paxtakor"ga kelib shug'ullandim. 



AZIZ G'ANIEVGA RAHMAT AYTAMAN

— 1998 yillar terma jamoasida Aziz G'aniev bilan o'ynab yurgan kezlarimda o'zaro gapda "Nasaf"ga tavsiya qilib ko'rishini aytdim. SHunchaki gap edi, xolos. Aziz jiddiy qabul qilib klub rahbarlariga aytgan ekan. Akademiya direktori Sergey Petrovich va Nurali Sultonov keldi. Aziz G'anievga hamon rahmat aytaman. Bir umr minnatdorman. "Nasaf"da biz o'tish jarayonimizda juda yulduzli tarkib yig'ilgandi. Farruh Sayfiev, Saydullo Rahmatov, Maqsud Karimov, Sanjar Quvvatov, Dragan CHeran va hokazo. Endi tarkibga kiradigan paytimizda ko'p ijaraga turli jamoalarga ketib qoldik. Deylik Superligadagi debyutimni "Navbahor"da nishonladim. Qaysidir manoda zaxirada o'tirgandan ijarada o'ynatishni to'g'ri, deb bilishdi. SHu bois keyinchalik balki moslasha olmagandirman. Ro'ziqul Berdiev markaziy himoyada ko'rardi. Terma jamoada chap qanotda o'ynadim. Bitta narsa alam qiladi, xato o'zimdadir biror marotaba "Nasaf" libosida rasmiy o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushmaganman. Men bunda Ro'ziqul Berdievni ayblamayman. U inson sabab shu darajaga chiqdim. O'sayotgan paytimizda u bizga to'g'ri yo'nalish bera oldi.




—   "Nasaf"ga chempionlik uchun nima etishmaydi? Omad. Oddiy misol "Bunyodkor" bilan o'yinda so'nggi soniyalardagi penalti. O'sha yo'qotilgan ochko ham tasir qildi. "Nasaf"ga o'xshagan jamoa O'zbekistonda yo'q. Deylik mana hozir "Navbahor"da pul bor, tajribali o'yinchilari ko'p. Bir necha yil oldin "Lokomotiv", "Paxtakor"da shunday tarkib yig'ildi. Lekin "Nasaf" shunda ham 3-4 o'rinlardan tushib ketmadi. Barqarorlik bor. Jamoa kuchli o'ynadi, har bir jamoaga etarli qarshilik ko'rsatdi. Oxirgi o'yinlarda ruhan sinib qolishdi, deb o'ylayman. "Bunyodkor" bilan o'yindagi penalti barchasini o'zgartirib tashladi. "Nasaf" hurmatga sazovor, O'zbekistonning yoqimtoy jamoasi. "Navbahor" muxlisi ham "Nasaf" boshqa raqibga qarshi o'ynasa "Nasaf"ni olqishlaydi. Bu jamoani hamma yaxshi ko'radi. "Nasaf"dagi barcha narsa Ro'ziqul Berdievga borib taqaladi. Murabbiy 2008 yillar o'yini bo'lsa, o'shani borib ko'radi. U inson izlanadi, oldinga intiladi. Ro'ziqul aka ketganidan keyin o'ziga o'xshagan inson kelmasa qiyin. Futbolchilar aytishi mumkin, biz hech narsa qilmayapmizmi, deb. Oldin kim edik, hozirchi? SHerzod Nasrullaevni akademiyadan xaydab yuborishgan. Ko'zim bilan ko'rganman. Ro'ziqul Berdiev Koson bilan o'yinda ko'rib o'rinbosarlarga taklif qilgan. Oybek Bozorov sport kollejida keraksiz futbolchi bo'lgan. G'olib G'aybullaev futbolni tashlayman, deb yurgan. Akmal Mozgovoy 1999 yillar  jamoasida asosiy tarkibda o'ynamagan.  Ro'ziqul Berdiev ko'radi, o'sish bormi tortadi. Yana qaysi jamoada shuncha yoshlarga imkon beriladi? "Paxtakor"da SHota paytida qancha yoshlar ketib qoldi.  Ro'ziqul aka o'ynatishdan qo'rqmaydi.

ARMONGA AYLANGAN OLIMPIYADA YOXUD TAILANDDAGI OSIYO CHEMPIONATI 

— Balki o'sha musobaqada bosim, chetdan motivaciya xaddan tashqari oshib ketgandi, deb o'ylayman. Nega? Futbolchilarni o'zi ham o'shani his qilib turadi. Ortimizda vatan turibdi. O'zbekiston maydonga tushganda futbolga qiziqmaydigan odam ham ko'radi. Futbol bayram, murabbiylar ham aytadi. Bayramda odam o'zini erkin tutishi kerak. Barcha narsa o'xshaydi.Keyin ham bosimni kamroq qilishlarini so'rab qolaman. O'sha musobaqada yarim finaldan oldin Boburda miya chayqalishi bo'ldi. Keyin o'ziga keldi, doktorlar yaxshi qarashdi. Lekin o'sha holatda ham Bobur yordam bergisi keldi. SHu bois maydonga tushib o'ynadi. Janubiy Koreya biz bilan finalda o'ynashni istagandi. Koreya bosh murabbiyining o'zi vitaminlar bergan bizga. Ularda bitta xona to'la vitaminizaciya. Tasavvur qiling qanday tayyorgarlik ko'rgan. Yashirishni xojati yo'q. 2ta uchrashuvdan so'ng yigitlar charchab qolishdi. Eng zo'r jismoniy o'yinchimiz ham 70-daqiqadan keyin qotib qoldi. Boz ustiga Tailandda namgarchilik yuqori edi. 


"ANDIJON" VA TURKIYA YIG'INI 

— Oladigan narsalarimizni shu erda o'rganib olishimiz kerak. 7ta o'rtoqlik o'yinlari ko'p narsa beradi. Orasida bir kun ham dam yo'q. O'yindan keyin ham mashg'ulotlar bor. Individual ishlaymiz. Yashashimiz yaxshi, taomlanish taminoti zo'r, 5 yulduzlik mehmonxona. Lekin shungacha ham biz malum bir yo'lni bosib o'tamiz. 2 mahal shug'ullanamiz. Xomyakov istayotgan narsani bajarishimiz kerak. Turkiyada hordiq chiqarib yurdik ham deylik, bizga ham yoqadi dengiz sohiliga chiqib dam olib yotish. Ertaga maydonga kim chiqadi? Boshqa odam kelib o'ynab bermaydi-ku! Xorij yig'in o'tkazish maqsad bu erda barcha sharoit bor. Iqlim sabab O'zbekistonda to'liq mashg'ulot o'tkazish qiyinroq. 

O'tgan mavsumning yodda qolgan voqeasiga kelsak, "Turon" bilan o'z maydonimizda durang o'ynaganimizdan so'ng Superligaga chiqishimiz aniq bo'lib ulgurgandi. Viktor Kumikovni oldiga borib oila qurayotganimni, qaysi sanaga to'y kunini belgilashimni so'radim. Hammani taklif qilishimni aytdim. Viktor Balyutovich 1 noyabr kunini belgilib berdilar. O'sha kuni jamoadagi barcha keldi, xursand bo'lishdi. "Andijon"ni Germaniya stadionlarini yondiradigan ishqibozlariga o'xshataman. "Borussiya Dortmund" stadionini qarang, yondirishadi. "Andijon" uyda o'ynagan kuni bayram bo'ladi. Ikki qo'limni ko'taraman. Ularni xursandchiligidan charchoqlaringiz chiqib ketadi. "Navbahor"ni APL jamoalariga qiyoslash mumkin. Muxlislik umumiy darajada. Fan klub alohida ajralib turmaydi. Birga nishonlash, stadiondagi to'lqinlar Angliyaga tortib ketadi. Germaniyada alohida sektorda, kiyimlarni kiyib olqishlashadi.  


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика