"Inter" yozda himoyachi izlaydi
03 fev 2023 14:12
Yangiliklar
"Inter" yozda himoyachi izlaydi
Italiyaning "Inter" klubi yozgi transferlar oynasida himoyachi izlab bozorga kiradi.
Hozircha Milan klubi tomonidan uchta asosiy nomzod belgilab olingan. Bular – "Bavariya" himoyachisi Benjamen Pavar, "Atalanta" futbolchisi Jorjo Skalvini va "Roma" mudofaa chizig'i vakili Kris Smolling.
Jamoaning asosiy himoyachilaridan biri Milan SHkrinyar jamoani yozda tark etishi deyarli aniq bo'lib qoldi. Stefan de Vreyning jamoadagi kelajagi so'roq ostida. Bu A Seriya klubiga eng kamida ikkita o'rinbosar kerak degani.
Pavarni yozda 30 mln evro atrofidagi mablag'ga qo'lga kiritsa bo'ladi. 19 yoshli Skalvinini olib kelish 40 mln evrodan ko'proqqa tushishi tayin. Smolling yuqoridagi uchlik orasida eng kam xarajatga tushadigan futbolchi.
"Lill" azosi Tiagu Jalo "Inter" bilan bog'langan futbolchilardan biri bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar