So’nggi yangiliklar

09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  0 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  5 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  4 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  14 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  7 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  44 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  1 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2

"Inter" "Roma"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

"Inter" "Roma"ni mag'lubiyatga uchratdi

"Inter" - "Roma" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borishingiz mumkin.


"Inter" - "Roma" 2:1

Gol: Ernanes 15, Naingollan 63, Ikardi 88.

Inter – Xandanovich, Jezus, Vidich, Ranokkiya, D`Ambrozio, Nyukuri, Guarin, Ernanes, Brozovich, Palasio, Ikardi.

Roma – de Sanktis, Yanga-Mbiva, Xolebas, Manolas, Nainggolan, Florenci, Pyanich, de Rossi, Jervino, Ibarbo, Totti.




Uchrashuv yakunlandi.


90+4. Podolski uchrashuvga qo'shib berilgan so'nggi soniyalarda ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy berdi.


90. O'yininng asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.


88. GOOOOL!!!! IKARDI o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.


75. O'yin tempi sust.


71. O'zgarish. Brozovich o'rniga Kovachich.


63. GOOOLLLLL!!! Naingollan!!!! Pyanichdan to'pni qabul qilib olgan Roja Naingollan kuchli zarba bilan darvozani aniq nishonga oldi.


58. Pyanichdan oshirma qabul qilib olgan Florenci kuchli zarba bilan to'pni darvozaga yo'o'ladi! Noaniq.


52. Ikardi yana bir bor bir himoyachi qarshisida darvozaga zarba berdi. Noaniq!


50. "Inter" hujumchisi Ikardi darvozaga kuchli zarba berdi, bu noaniq zarba yo'l-yo'lakay "Roma" himoyachisiga tegib darvoza tomon yo'l oldi. De Sanktis xushyor.


48. "Roma"ning jarima to'pidan naf chiqmadi.


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45. Birinchi bo'lim yakunlandi!


40. Xolebas o'z jamoasi uchun burchak to'pi ishlab oldi.


34. Hakam Roberto Manchinining yordamchisini maydondan chiqarib yubordi.


31. Ibarbo chap qanotdan "Inter" jarima maydoniga kirib bordi, ammo u to'p oshirishga ulgurmasidan "maydon tugab qoldi".


20. Sariq kartochka. Palasio ("Inter").


19. USTUNNNN!!!! "Roma"ning hujumi Ibarboning ajoyib zarbasi bilan yakunlandi. Ammo kuchli zarba darvoza to'ridan joy olmay, ustunga tegib yana o'yinga qaytdi.


Ernanes jarima maydonchasi tashqarisida jamoadoshidan to'pni qabul qilib olib darvozaga zarba berdi va uning chap oyoqda bergan zarbasi golga aylandi.

15. GOOOLLLL!!! ERNANES!!!!!


10. Jervino chap qanotdan "Inter" jarima maydonchasiga yorib kirmoqchi bo'ldi. Himoyachilar ishonchli harakat qildi.


8. De Rossi o'z jamoadoshi Yanga-Mbivaning boshiga oyog'i bilan zarba berdi. Bu harakatlar albatta atayin qilingani yo'q.


6. De Rossi uzoq masofadan zarba berdi, Xandanovich juda yaxshi harakat qildi va xavfi bartaraf etdi.


4. Ikardi o'yindan tashqari holatda.


2. Hamkasbim Marat Aksanov ushbu uchrashuvni rus tilida translyaciya qilishni boshladi. Ushbu o'yinning rus tilidagi matnli translyaciyasini quyidagi havolada kuzatib borishingiz mumkin.


1. Uchrashuv boshlandi.


- Futbolchilar jamoaviy suratga tushishmoqda.


- Ikkala jamoa ham maydonga chiqib kelmoqda.


- Ayni damda ushbu uchrashuvning rus tilidagi translyaciyasi ham olib borilmoqda.


- Assalomu alaykum aziz futbol muxlislari va saytimiz o'quvchilari. Bugun Milan shahrida "Inter" - "Roma" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика