"Inter" Onana uchun narx belgiladi. Darvozabonga "CHelsi" qiziqish bildirmoqda
25 apr 2023 15:48
Yangiliklar
"Inter" Onana uchun narx belgiladi. Darvozabonga "CHelsi" qiziqish bildirmoqda
"Inter" darvozaboni Andre Onanani 40 million evroga sotishga tayyor, deya xabar berdi "La Gazzetta dello Sport".
Manbaga ko'ra, "CHelsi" futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub vakillari tez orada Milanda uchrashib, ehtimoliy transfer masalasini muhokama qilishlari mumkin.
Darvozabon o'tgan yozdan beri "neradzurri" safida to'p tepmoqda. Kamerunlikning milanliklar bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
"Inter" futbolchisi ketgan taqdirda "Empoli" azosi Gilelmo Vikario variantini ko'rib chiqmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar