"Inter" muxlislari Lukaku bilan qay tariqa xayrlashdi?
01 jan 2022 00:24
Yangiliklar
"Inter" muxlislari Lukaku bilan qay tariqa xayrlashdi?
"Bu tarzda ketishim kerak emasdi. Hammasi boshqacha bo'lishi kerak edi.
Men qanday "Inter"dan ketganim, muxlislar bilan qanday suhbatlashganim - bular meni haligacha bezovta qiladi. Hozir bu haqida gapirishning mavridi emasdir, balki.
Ammo, har doim "Inter" mening yuragimda qolishini takidlab kelganman. Men u erda o'ynash uchun yana qaytaman. Bunga ishonaman.
Italiyani juda sevaman. Hozir insonlarga men aslida yomon ish qilmaganimni aytadigan payt. Kimnidir ayblamoqchi emasman. Biroq, hozir shu gaplarni malum qilishning ayni payti, -deydi Romelu Lukaku.
"Inter" muxlislari esa bunga javoban "San Siro" stadioniga banner o'rnatishdi. Unda shunday so'zlar yozilgandi: "Bizga yomg'irdan qochadiganlar emas, bo'ron kelganda oldimizda turib beradiganlar kerak. Hayr, Romelu".

Yozgi transferlar oynasi vaqtida Lukaku "Inter"dan "CHelsi"ga 115 million evro evaziga o'tgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar