"Inter Mayami" murabbiyi: "Messining transferi? Nega endi yo'q?"
10 jan 2023 18:55
Yangiliklar
"Inter Mayami" murabbiyi: "Messining transferi? Nega endi yo'q?"
"Inter Mayami" bosh murabbiyi Fil Nevill PSJ hujumchisi Lionel Messining Amerika klubiga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Messining transferi? Nega endi yo'q? Bu sodir bo'lishi mumkinligiga ishonaman. Butun dunyo futbolchilari MLS'ni kuchli liga deb biladi. Bunday darajadagi kelishuv – vaqt talab qiladigan murakkab jarayon. Agar Messi safimizga qo'shilsa, xursand bo'laman, chunki men eng yaxshi futbolchilar bilan ishlashni va ulardan o'rganishni yaxshi ko'raman", – dedi Nevill.
Avvalroq 35 yoshli argentinalik futbolchi 2023 yilning yozida "Inter Mayami"ga o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Messi joriy mavsum PSJ safida barcha musobaqalar doirasidak 19 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko'ra futbolchining narxi 50 million evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar