So’nggi yangiliklar

10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  2 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  5 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  2 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  1 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  11 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  2 07:34Пролига. Бугун Суперлига йўлланмасига эга чиқадиган жамоа аниқ бўлади  5 04:19U-17 ЖЧ. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 04:01Мўминхон Баходирхонов: "Агар Ирландия ўз кучи билан ютган бўлса, ҳали улар билан кўришамиз"  5 03:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:57А Серия. Турин дербисида ҳисоб очилмади, "Милан" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди  1 02:50Исломбек Исмоилов: "168 сантиметр бўйга эга футболчи 190 сантиметрликни ютиши жуда қийин"  19 02:06Эрон терма жамоаси ноябрь ойидаги йиғин учун таркибини эълон қилди  1

Indoneziya turnirni o'tkazish uchun tayyor holatda. Unda muammo nimada? (Batafsil) Yangiliklar

Indoneziya turnirni o'tkazish uchun tayyor holatda. Unda muammo nimada? (Batafsil)

Barchamiz uchun qiziq o'tgan U-20 Osiyo chempionati muvaffaqiyatli yakun topdi.

SHu orqali O'zbekiston U-20 termasi Indoneziyada o'tishi kerak bo'lgan (!) kichik mundialga yo'llanma oldi. Aslida ushbu saralash o'yinlari 2020 yilda, jahon chempionati esa 2021 yilda o'tkazilishi kerak edi. Ammo pandemiya sababli barcha ishlar to'xtab qolgandi. Endi kechikkan turnir yana bir bor kechikishi kutilmoqda.

Ammo nima sababdan? XXI asrda hech qaysi malumotni ommadan yashirib bo'lmayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda ichki sirlarni bilib, ommaga tarqatadiganlar shunchalar ko'pki, biz o'zimiz uchun etarlicha malumot olyapmiz. Xo'sh, Indoneziyada nimalar bo'lyapti? Davlat rostdan ham ushbu turnirni o'tkazishga tayyor emasmi?

Aslida davlat ushbu turnirni o'tkazish uchun barchasini shay holatga keltirib qo'ygan. Jahon chempionati o'yinlari 6 shaharning 6 stadionida bo'lib o'tadi. Ikki kun oldin turnirning madhiyasi ham ommaga taqdim qilingan. Faqatgina...

O'rtada siyosiy muammolar borga o'xshamoqda. CHunki Indoneziya davlati turnirga yo'llanma olgan Isroil davlati futbolchilarini o'z hududiga kiritishni istamayapti. Aslida sport va siyosat so'nggi 10-15 yillik davrga qadar mutlaqo bir-biriga qaramagan edi, ammo hozir barchasi o'zgacha bo'lib bormoqda. Isroil va Falastin davlati o'rtasidagi mojarolar sababli Indoneziya shu qarorga kelmoqda.

FIFA nima qilyapti? Bu savol barchaning ko'nglidan o'tgan. CHunki quraning bekor qilingani hali rasman elon qilingani yo'q. Ijtimoiy tarmoqlardagi malumotlarga ko'ra, hozirda FIFAdagilar turnirning o'z vaqti va joyida o'tishi uchun harakat qilmoqda, faqatgina bosim qilish va qo'rqitish orqali.

Yozishlaricha agarda turnir o'z vaqti va joyida boshlanmasa FIFA Indoneziyani turli xil sankciyalar bilan jazolashi va hatto tashkilot azoligidan chetlatishi bilan qo'rqitmoqda. O'z navbatida ushbu qo'rqitishlardan keyin Indoneziya ham FIFAga boykot elon qilmoqchi.

Malumotlarga qaraganda agarda turnir Indoneziyada o'tmaydigan bo'lsa, FIFA mezbonlik borasida Argentina variantini ko'rib chiqadi. CHunki ushbu davlat tezkorlik bilan JCHni o'tkazish uchun tayyor holatga kelishga vada bergan.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика