So’nggi yangiliklar

17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК. Таркиблар маълум  2 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  2 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  11 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  6 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  5 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1

Incheondan yozamiz. 18-kun kundaligi. Boks deganlari shunaqa bo'lar ekan... Yangiliklar

Incheondan yozamiz. 18-kun kundaligi. Boks deganlari shunaqa bo'lar ekan...

Yana bir kun va mening Incheondagi missiyam tugaydi. Ochig'ini aytaman, yopilish marosimiga borish niyatim yo'q.
Sabablari ko'p, avvalo futbol, keyin boksdagi muvaffaqiyatsizlik. Balki chetdan bilinmas, ammo ichida yashar ekansiz, alamingizdan yorilay deysiz. Alo kayfiyat bilan boksga yo'l oldik. Medallarimiz sonini hech bo'lmasa 10taga etkazishni maqsad qilgan edik. Hech bo'lmasa ikki jangning birida g'alaba qozonishimizga ishongan edik.
Boks arenasidamiz, birinchi jangda Qozog'iston – Janubiy Koreya to'qnashuvi. Koreyslarning bironta boksi bo'lmadiki, betaraf muxlislar qarsak chalgan. Har doim norozilik. Musobaqa oldidan kimda kim oltin medalni qo'lga kiritsa, 50 000 AQSH dollari va harbiy xizmatdan ozod qilinish qonunan belgilab qo'yilgan ekan. SHuning uchun mezbonlar imkon qadar oltinlarga egalik qilishga harakat qildilar.

Birinchi finalda qozog'istonlik mag'lubiyatga uchradi, bu biz uchun yomon edi. Sababi, finaldagi raqibimiz SHahobiddin Zoirov 52 kg vaznda qo'shnimiz Ilyos Sulaymonovga qarshi ringga chiqdi. Bu jangda raqibimizning kichik ustunligi sezildi va u g'alaba qozondi. Ko'p o'tmay ringga Isroil Madrimov yana bir qozog'istonlik bokschi Daniyar Elaussinovga qarshi jangga kirishdi. Tashabbus esa bu bahsda to'liqligicha bizda bo'ldi. Ikkinchi raundga kelib Elaussinov charchab bo'lgan edi.



Murabbiylarimiz bundan foydalanish kerakligini bot-bot takrorladilar. Afsuski, uchrashuv hakamlari g'alabani yana qo'shnilarimizga berib yubordilar. Yakunda  Qozog'iston o'zi ishtirok etgan 7ta finalning 6tasida oltin medalni qo'lga kiritdi. Xuddi biz kabi 10 nafar bokschi bilan musobaqaga tashrif buyurgan Qozog'iston terma jamoasining barcha azolari medal oldilar. 6ta oltin, 2tadan kumush va bronza.



Tabiiyki kayfiyatim tushib ketdi. SHahobiddin Zoirovni taqdirlash marosimini oldimda, keyingi taqdirlashlarni kutmay media markazga ketdim. Sababi, bunday adolatsiz bayramlarni ko'ra olmasdim. Asablarim buzilsa buzilardiki, birovning bayramiga sherik bo'lishga o'zimda kuch yo'q edi.

Media markazga  tashrif buyurdim va “Nikon”dan olgan ijara fotoapparatlarini topshirdim. Va ularga katta rahmat deb, dunyodagi eng zo'r tashkilot ekanliklarini aytdim. Media markazdagi ishlarimni bitira boshladim. Tashkilotchilar tomonidan ijaraga berilgan barcha narsalarni topshirib, ketaman deb turganimda Anvar akam kelib turgan ekanlar. Kecha bir yuzer “Anvar aka, Anvar aka deysiz, kim u Anvar aka”, - deb savol berdi. Keling, shu joyiga Anvar akam haqida qisqacha axborot berib o'tsam.

Anvar aka bu yil roppa-rosa 50 yoshga to'ldilar. Ularni Feysbukimda suratlari bilan tabriklagan edim. Feysbukda do'stlarim bo'lsa, bu haqda biladilar. Xuddi men kabi ustozim ham juda ham yoshligidan fotojurnalistikaga kirib kelganlar. U paytda bu kasb ancha og'ir bo'lgan. Oq-qora rangdagi fotoapparatlar, bo'lib ham plyonkada. Bittada kadrni eplab olsangiz, oldingiz, bo'lmasa “uxladingiz”. Mana shunday maktabni bosib o'tgan Anvar aka, ilk marotaba 2000 yili Sidneyda bo'lib o'tgan jahon olimpiadasida debyut qilgan. Hozirgacha ularning hisoblaridagi olimpiadalar soni 4ta, xuddi shuncha Osiyo o'yinlarida ham muntazam ishtirok etib keladilar. Yuqsin, yuqsin deb ilk professional fotoapparatimni aynan ulardan olganman.



Fotojurnalistikaning ham nozik tomonlari bor, men aynan shu erida ham ustozga yolchiganimdan xursandman. Ketish oldidan Anvar akam bilan esdalik uchun suratga tushdik. SHu tariqa Osiyo o'yinlaridagi missiyamiz o'z yakuniga etdi.  Toshkentga borgach, musobaqa uchun umumiy kundalikni yozishni maqsad qildim. Tezroq yozmasam bo'lmaydi, boisi yana vada qilgan sovg'amni sizlarga taqdim etishim kerak. Menimcha shu ikki haftani saytimiz bilan o'tkazganlar zerikmadilar.
Kundalik uzun bo'lmadi, boisi qaytishga tayyorgarlik ko'rish kerak. “Temir xotinda” aytadi-ku, “Qumrini sog'indim”! To'g'risini aytsam, O'zbekistonni sog'indim. Ishoning, bunaqa mamlakat hech qaerda yo'q! SHunday ekan, uning qadriga etaylik!

Nodirxo'ja Yuldashev
3 oktyabr. Incheon, Janubiy Koreya
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика