Immobile poker qayd etgan turda “Milan” Gattuzo bilan A seriyadagi ikkinchi g'alabasiga erishdi
06 jan 2018 21:00
Yangiliklar
Immobile poker qayd etgan turda “Milan” Gattuzo bilan A seriyadagi ikkinchi g'alabasiga erishdi
28 yil deganda yangi yilni peshqadam sifatida qarshi olgan Neapolning “Napoli” klubi karvonboshilik maqomini yanada mustahkamladi. SHu tariqa “Yuventus” bilan oradagi farq 4 taga etdi. Turin klubi Toshkent vaqti bilan 00:45 da “Kalyari” maydonida saf tortadi va bu farqni kichiklashtirish uchun harakat qiladi.
SSC Napoli Kalidou Koulibaly - 65', Jose Maria Callejon - 78' |
Serie A . 20-tur 06/01/2018, 18:00 0
:
2
Tugadi
|
Hellas Verona |
Stadion: San Paolo, 40000 tomoshabin
Bosh hakam: Rosario Abisso
Rimning “Lacio” klubi esa CHiro Immobilening pokeri sabab yirik g'alabaga erishdi. Simone Indzagi jamoasi “Spal” maydonida 5 ta gol urib, ochkolar soni bo'yicha hamshahri “Roma”dan ilgarilab ketdi.
SPAL Mirco Antenucci - 8', Mirco Antenucci - 30' |
Serie A . 20-tur 06/01/2018, 18:00 5
:
2
Tugadi
|
Lazio Luis Alberto - 5', Ciro Immobile - 19', Ciro Immobile - 26', Ciro Immobile - 41', Ciro Immobile - 50' |
Stadion: Stadio Paolo Mazza, 12100 tomoshabin
Bosh hakam: Paolo Tagliavento
Jennaro Gattuzo boshqaruvidagi “Milan” ikkinchi davrani g'alaba bilan boshladi. Milanlik futbolchilar Gattuzo murabbiy bo'lgach, chempionatning 1 ta o'yinida zafar quchgan bo'lsa, yana 2 ta o'yinda mag'lub bo'lgan va shunchasida durang o'ynagandi. Endi esa Gattuzo hisoblardagi muvozanatni tenglashtirib qo'ydi.
AC Milan Leonardo Bonucci - 54' |
Serie A . 20-tur 06/01/2018, 18:00 0
:
1
Tugadi
|
Crotone |
Stadion: San Siro, 42533 tomoshabin
Bosh hakam: Fabio Maresca
Evrokuboklar uchun kurash olib borayotgan “Sampdoriya” yaqqol autsayder hisoblangan “Benevento” maydonida imkoniyatni boy berdi. Debyutant klub bungacha “Milan” bilan durang o'ynagan, “Kevo”ni esa taslim qilgandi. Roberto De Dzerbi jamoasi ketma-ket ikkinchi o'yinda raqiblarini taslim qilayotgani diqqatga sazovor.
Benevento Massimo Coda - 69', Massimo Coda - 84', Enrico Brignola - 90' |
Serie A . 20-tur 06/01/2018, 18:00 2
:
3
Tugadi
|
Sampdoria Gianluca Caprari - 45', Dawid Kownacki - 90' |
Stadion: Stadio Ciro Vigorito, 11363 tomoshabin
Bosh hakam: Gianluca Manganiello
Va nihoyat “Sassuolo” Genuyaga safar etib, “Jenoa”ga imkoniyatni boy berdi. Natijada mazkur ikki klub o'rtasida ochkolar farqi qolmadi.
Genoa Andrey Galabinov - 80' |
Serie A . 20-tur 06/01/2018, 18:00 0
:
1
Tugadi
|
Sassuolo |
Stadion: Stadio Luigi Ferraris, 18639 tomoshabin
Bosh hakam: Piero Giacomelli
Fikrlar