Immobile jarohat oldi
16 okt 2022 23:41
Yangiliklar
Immobile jarohat oldi
“Lacio” sardori va etakchisi CHiro Immobile Italiya chempionati doirasida “Udineze”ga qarshi o'yinda atigi yarim soat o'ynadi.
Hujumchining oyoq mushaklari shikastlandi. Immobileni yo'qotish "Lacio" uchun jiddiy zarba bo'lishi mumkin. 2022/2023 yilgi mavsumda 32 yoshli forvard Rim jamoasi safida Italiya chempionati va Evropa ligasida jami 14 uchrashuvda 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, A Seriya doirasidagi “Lacio” – “Udineze” uchrashuvi 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi. Mauricio Sarri boshchiligidagi “burgutlar” hozirda turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar