So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  2 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

IMHO: Futbol fanidagi bir bo'lim haqida Yangiliklar

IMHO: Futbol fanidagi bir bo'lim haqida

Endigina 19 yoshga to'lib, 20 ga qarab ketayotgan bo'lsam ham negadir menga doim 2012 va 2013 yillardagi futbollar, o'sha vaqtda yulduz bo'lgan futbolchilar yoqaveradi, eslasam bir boshqacha his bo'ladi.

Balki biroz futboldan uzoqlashganim sababmi yoki yangi chiqayotgan yosh futbolchilarning o'yinini ko'rmasligimmi, xullas bilmadim, lekin 7-8 yil avvalgi futbolni boshqacha yaxshi ko'raman. Yoshi katta insonlar o'zlarining yoshliklaridagi biror musobaqani entikib eslaydi, men hali o'zim yosh bo'lsamda shu 7-8 yil avvalgi futbolni shunaqa xotirlayman.

2010 yildan boshlab futbolga ilk bor qiziqa boshlaganman. JARda bo'lib o'tgan Jahon chempionatidan ikki lahza – balki o'sha vaqtda, balki sal keyinroq takroriy efirlardan ko'rganim – biri, Ronalduning SHimoliy Koreyaga urgan goli, ikkinchisi Aren Robbenning finalda Iker Kasilyas bilan birga-bir vaziyatda gol ura olmagani yodimda. Finalni eslasam hozir ham jahlim chiqadi, bu balki o'sha vaqtda Gollandiyaga muxlisligim sabab yoki Robbenning tushirgan «qovun»i sabab.

Menga doim Robbenning o'yini doim yoqib kelgan. O'zim ko'rganim – «Bavariya»ning o'ng qanotidagi Robben FIFA07 da o'ynagan «CHelsi»dagi yoki YouTube`dan videosini ko'rgan «Real Madrid»dagi Robbendan ancha ustun (aslida, chindan ham Robbenning «Real» va «CHelsi»da o'yini chiqmagan deyishadi). Aren Robbenning o'yinlarini eng ko'p 2012 yilda ko'rganman. Eslayman, ECHL finalida «Bavariya» – «CHelsi» o'yinida 120 daqiqa ustunlik qilgan myunxenliklar yakunda baribir mag'lub bo'lishgan. Balki o'sha uchrashuvda Robben qo'shimcha vaqtlarda amalga oshirgan penaltisini golga aylantirganda «Bavariya» muxlislari ko'z oldida champion bo'larmidi?!

2012/13 yilgi mavsumda esa «Bavariya» chindan kuchli o'yin ko'rsatgan. O'sha kezlarda nemis klubi chempionatda rekordlarni yangilab yuborgan, ketma-ket ikkinchi yili CHempionlar ligasi finaliga yo'l olgandi. Finaldagi raqib esa boshqa bir nemis jamoasi – «Borussiya Dortmund» edi. O'sha uchrashuvda ham Robben Roman Vaydenfeller darvozasi tomon 90 daqiqa yo'l topa bilmagan edi. So'nggi daqiqalarda esa yana bir yakkama-yakka vaziyatda niderlandiyalik futbolchi darvozabonni chindan dog'da qoldirgan.

Aytgancha, o'sha musobaqaning yarim finalida «Bavariya» «Barselona» bilan o'ynagan va ikki uchrashuv natijasida 7:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Javob o'yinida «Kamp Nou» stadionida Robbenning urgan goli Viktor Valdesning hamon yodida bo'lsa kerak.

Robben terma jamoasidagi eng yorqin vaqtini mening nazarimda 2014 yilgi Jahon chempionatida o'tkazgan. O'sha vaqtda nomi Gollandiya bo'lgan terma jamoa guruhda 2010 yilgi finalchi – Ispaniya bilan tushgan va 1-turdayoq bu ikki terma jamoa o'zaro o'yin o'tkazgan edi. Van Persining goliku alohida mavzu, Robben esa o'yinga nuqtani ajoyib tarzda qo'ygan – qariyb maydon markazidan Ramos bilan to'pga qarab yugurgan golland, unga birinchi etib kelgan va 4 yil oldin birga-bir vaziyatda imkoniyatni boy bergan Kasilyasni “er tishlatgan”di.

Aren haqida uzoq gapirish mumkin. U qaerda bo'lsa ham o'zining o'yinini imkon darajasida ko'rsata olgan futbolchi edi. Men hamisha o'zbek futbolida Robben kabi futbolchi bo'lishini istaganman. Sardor Rashidovning o'yini ko'proq Ronaldu uslubiga o'xshardi, Doston Hamdamovniki ham Robben sifat emas. Jasur Yaxshiboevning Belarusda hujum markaziga qo'yishdi. Bilmadim, keyingi umid kim bo'ladi endi.

Futbol kundan-kun rivojlanib, fan darajasiga chiqib ulgurgan. Robben uslubi esa shu fanning bir bo'limi – uni alohida o'rganish kerak. Bu darajaga chiqish uchun iqtidorning o'zi kamlik qiladi, mehnat qilibgina Robben bo'lish mumkin.

Albatta, bularning barchasi IMHO

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика