So’nggi yangiliklar

18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  0 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  5 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  8 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  8 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  3 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  14 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  6 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  18 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  4 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  4

Ilyos Qurbonov: "OKMKga qarshi o'yinga uch ochko uchun chiqqandik. Kolosovskiy unga taklif bo'lgani sabab klubdan ketdi" Yangiliklar

Ilyos Qurbonov: "OKMKga qarshi o'yinga uch ochko uchun chiqqandik. Kolosovskiy unga taklif bo'lgani sabab klubdan ketdi"

Superliga 23-tur doirasidagi "Metallurg" - OKMK (1:1) o'yinidan so'ng mezbonlar katta murabbiyi Ilyos Qurbonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Bugun ikkita turli taym guvohi bo'ldik. Birinchi bo'limning yarmidan so'ng o'yinni bo'shashtirib yubordik, ammo raqib vaziyatlardan foydalana olmadi. Tanaffusda yigitlarga ko'rsatma berdik va ikkinchi taymda ular yaxshi harakat qilishdi. O'z vaziyatlarimizdan foydalana olmadik.

Bizga g'alaba kerak, vaziyatning o'zingiz ham ko'rib turibsiz. Bugun uch ochkoga o'ynagan edik, ammo biroz etishmadi. Yigitlarga esa minnatdorchilik bildiraman.

— Sekulich va Sobirjonov bugungi o'yin uchun qaydnomada yo'q edi. Buning sababi nimada?

— Ularda jarohat bor edi. Ular bu o'yinga tayyorgarlik ko'rishmadi. Ammo, jarohatlari jiddiy emas va umid qilamanki, keyingi o'yinlarda tayyor bo'lishadi.

— Kolosovskiy ketganidan so'ng taktikada o'zgarishlar qildingizmi? Akademiyadan debyut qilgan o'yinchilar haqida fikringiz?

— Kolosovskiyda boshqa takliflar bor edi, shu sabab o'zining xohishiga ko'ra xayrlashdik. Bugungi o'yinda taktik o'zgarishlar bo'lmadi, sababi vaqt etarli emasdi. Tarkibda biroz o'zgartirishlar kiritdim. Akademiyamizdan 2007 yilda tug'ilgan o'yinchini asosiy tarkibda tushirdik. O'ylaymanki, debyut uchun yomon o'yin bo'lmadi. Yana biri zaxirada edi, ammo uni tushirishga imkon bo'lmadi. Maqsadimiz akademiyadan o'yinchilarni asosiy tarkibda o'tkazish. Mashg'ulotlarga ham akademiyadan 6-7 nafar o'yinchilar jalb qilyapmiz.

— Bir necha o'yinlardan beri SHahzodjon Nematjonovni asosiy tarkibda ko'ryapmiz. Ammo, fikrimcha, bugun uning o'rniga tushirilgan Daler SHaripov yaxshiroq taassurot qoldirgandek.

— Daler SHaripovni zaxiradan maydonga tushirib, maqsadimiz o'yinni kuchaytirish edi. Nematjonov ham yomon o'yin o'tkazdi deb bo'lmaydi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика